Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga davlat taşrifi davomida 48ta kelişuv va şartnomalar imzolanadi.
Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi ma'lumot berdi. Eslatib ötamiz, taşrif 17-20 dekabr kunlariga belgilangan.
Bugun, 16 dekabr kuni Tokio şahrida bölib ötgan Özbekiston-Yaponiya biznes forumida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Xususan, idoralararo darajada Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Savdo siyosati byurosi örtasida iqtisodiy va sanoat hamkorlik töğrisidagi Memorandum imzolandi.
Şuningdek, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi va Yaponiya iqtisodiyot va energetika instituti örtasida özaro munosabatlar yölga qöyiladi – Issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantiriş dasturi va Özbekiston taraqqiyotining boş rejasi birgalikda işlab çiqiladi.
Navoiy viloyatida Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi (JOGMEC) iştirokida geologik izlanişlar olib boriladi, Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida taşqi texnik yordam körsatiş taşkiloti (OMeTA) esa Toşkentda Yaponiya-Özbekiston tibbiyot axborot markazini taşkil etişni reja qilmoqda.

Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining «Özavtosanoat» AJ bilan hamkorligi orqali avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalar jalb qilinadi.
Bundan taşqari, Özbekiston tijorat banklari MUFG Bank va Sumitomo Mitsui Banking bilan kiçik va örta biznes loyihalarini moliyalaştiriş uçun investitsiyalarni jalb qiliş böyiça qator hujjatlarni imzoladilar.












