«Yoğoç-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş, importni qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasidan olindi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ning hukumatga yaqin manbasi tasdiqladi.

Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori loyihasi noyabr oyi oxirida normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirilgandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan işlab çiqilgan hujjat loyihasida respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yoğoç-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga (TIF TN kodi 4410), 2020 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 25 AQŞ dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 30 AQŞ dollari miqdorida aksiz soliği joriy etiş möljallangandi.

Yana bir mahsulot importini keskin qisqartiriş közda tutilgan qaror loyihasi muhokamasi vaqtida tadbirkorlar va ekspertlar jiddiy e'tirozlarini bildirişgandi.

Özbekiston mebel va yoğoçni qayta işlaş sanoati assotsiatsiyasi yoğoç-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlari importiga aksiz joriy etiş rejasiga munosabat bildirib, import DSPga boj soliş haqidagi uşbu mantiqsiz qaror qabul qilinsa, minglab tadbirkorlar kasod, ön minglab odamlar işsiz qolişidan ogohlantirgan edi.

Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ham yoğoç-qirindili plitalar importi böyiça aksiz soliğiga qarşi çiqqandi.