Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Özbekiston Respublikasi prezidentining “Yoğoç qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş, importni qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi”gi qarori loyihasini körib çiqib, raqobatga ta'sirini baholaş böyiça öz xulosasini berdi.

Eslatib ötamiz, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan işlab çiqilgan hujjat loyihasida respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yoğoç-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga (TIF TN kodi 4410), 2020 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 25 AQŞ dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 30 AQŞ dollari miqdorida aksiz soliği joriy etiş möljallangan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining ta'kidlaşiça, Vazirlar Mahkamasining 11.04.2019 yildagi №297-sonli qarori 5-bandi ikkinçi xatboşisi bilan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “formalin 37%” mahsuloti böyiça va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “karbamid A” mahsuloti böyiça monopol yuqori narxlar qöllanilişining oldini oliş böyiça doimiy ravişda monitoring olib boriş topşiriği nazarda tutilgan.

Şu munosabat bilan qaror loyihasining 1-bandi törtinçi xatboşisini çiqarib taşlaş taklif etildi - “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqarilayotgan “formalin 37%” hamda “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqarilayotgan “karbamid A” mahsulotlariga qöllanilayotgan narxlarni tahlil qiliş va monopol yuqori narx qöllaş holatlarini oldini oliş çoralarini köriş.

Şuningdek, qaror loyihasi 3-bandida (respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yoğoç-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga (TIF TN kodi 4410), 2020 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 25 AQŞ dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan boşlab qatiy 30 AQŞ dollari miqdorida aksiz soliği joriy etilişi - tah.) belgilangan aksiz soliği miqdorlarini respublikada mavjud quvvatlar va xomaşyo bazasini çuqur tahlil etgan holda asoslangan ravişda qabul qiliş maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tahlillarga köra, 2017 yilda yoğoç qirindili plitalar (DSP) bozori tölganligi darajasi 25,6 foizni, 2018 yilda esa bu körsatkiç 16,7 foizni taşkil etgan.

Şundan, tovar bozori hajmida mamlakatda işlab çiqarilgan tovarlar uluşi 80 foizdan köp bölganda bozor tovar bilan tölgan hisoblanadi.