Kun.uz sayti «Tahsin» mukofotining «Yuksak mehr va e'tibor uçun» nominatsiyasida xayriya loyihalari taşkilotçisi sifatida e'tirof etildi.

Yoşlar ittifoqi tomonidan ta'sis etilgan mukofotni topşiriş marosimi bugun, 16 dekabr kuni Toşkentdagi «Yoşlar ijod saroyi»da bölib ötdi. Tadbirni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva oçib berdi.

Tanlovga vazirlik, idora va taşkilotlar tomonidan 22ta nominatsiya böyiça 500 nafar nomzod tavsiya etilgan edi.

Tanlovda quyidagi nominatsiyalar böyiça laureatlar taqdirlandi:

«Qurolli Kuçlar sohasida Özbekiston nufuzini oşirişga qöşgan munosib hissasi uçun» – Navoiy viloyati DXX Çegara qöşinlaridagi Özbekiston yoşlar ittifoqi yetakçilar kengaşi raisi Zumrad Törayeva va Mudofaa vazirligining xalqaro «Armiya – 2019» tanlovida ğolib bölgan tankçilar ekipaji;

«Özbek tilida masofaviy ta'lim oliş imkoniyatlari rivojiga qöşgan hissasi uçun» – «Xan Akademiyasi»

«Ilm-fan sohasini rivojlantirişdagi kuçli irodasi va matonati uçun» – közi ojizlar uçun Brayl alifbosida ingliz tilidagi ilk öquv qöllanmani yaratişda hissa qöşgan Xurşid Toşev;

«San'at sohasidagi iqtidori uçun» – közi ojizlar musiqa maktabi öqituvçisi, xalqaro tanlov ğolibi, pianinoçi Sevara Mirsiddiqova;

«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi taşabbuskorligi uçun» – Şohijahon Dehqonov;

«Atrof-muhit ozodaligini ta'minlaşdagi taşabbuskorligi uçun» – «Hashar weyek» loyihasi asosçisi Suna Pak va Jarqörğonda örmonzor yaratgan Namoz Jumayev;