Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy taşrif dasturidagi birinçi manzil – Nagoya şahriga yetib bordi.

Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Yaponiya – Özbekistonning strategik şerigi. Bundan 28 yil muqaddam – 1991 yil dekabr oyida Kunçiqar mamlakat Özbekiston mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan edi. 1992 yil yanvar oyida mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgan. Şundan buyon döstlik va özaro hamkorlik munosabatlari izçil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.

Taşrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boşlanadi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Nagoya va Tokio şaharlarida qator ikki tomonlama uçraşuv va tadbirlar ötkazadi.

Nagoyada Aiçi prefekturasi va şahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bölib ötadi. Şuningdek, Nagoya universitetiga taşrif buyuriş közda tutilgan.

Şu kuniyoq Yaponiya Boş vazirining örinbosari, moliya vaziri Taro Aso, parlamentdagi «Özbekiston-Yaponiya» döstlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakçi kompaniya va banklari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.