«Hali işga solinmagan imkoniyatlar bor» - Şavkat Mirziyoyev Nagoya universitetida ilmiy sohada takliflar berdi
|04:40 / 19.12.20196 79013 min
Prezident matbuot xizmati Şavkat Mirziyoyevning Nagoya universitetidagi uçraşuvdagi nutqini töliq holda keltirdi.
Muhtaram Matsuo janoblari!
Hurmatli professorlar va talabalar, universitet jamoasi!
Xonimlar va janoblar!
Avvalo, Nagoya universiteti prezidentining samimiy dil sözlari va ezgu tilaklari uçun çin qalbimdan taşakkur izhor etaman.
Öylaymanki, mening Prezident sifatida mamlakatingizga ilk taşrifim haqida bildirilgan fikrlar, mana şunday e'tibor, bir-birimizga hurmat, iliq munosabat haqiqatan ham Yaponiya va Özbekiston örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, kelgusida katta natijalarga erişiş yölida işonçli zamin yaratadi.
Biz Nagoya universitetini dunyodagi eng nufuzli ilm-fan va ta'lim maskanlaridan biri sifatida e'tirof etamiz.
Nobel mukofoti sovrindorlari Ryoji Noyori, Osamu Simomura, Makoto Kobayasi, Tosixide Maskava, Isamu Akasaki, Xirosi Amano va boşqa maşhur olimlarni yetiştirib bergan uşbu universitetning faxriy doktori degan yuksak şarafga munosib körilganimdan ğoyatda xursandman.
Bu unvonni men avvalo Özbekiston xalqiga körsatilgan ehtirom ifodasi, deb qabul qilaman va buning uçun Nagoya universiteti rahbariyatiga, uning ilmiy jamoasiga çuqur minnatdorçilik bildiraman.
Men Nagoya universitetining faxriy doktori sifatida Özbekistonda uning ulkan ilmiy salohiyati va yutuqlarini keng tarğib va taşviq qilişga, ta'bir joiz bölsa, uşbu universitetning işonçli vakili sifatida iş olib borişga harakat qilaman.
Butun jahonga maşhur Nagoya şahri haqida xalq orasida şunday ibora bor ekan: “Nagoya qal'asi bölmaganida Nagoya şahri ham bölmas edi”. Men bunga qöşimça qilib: “Nagoya universitetisiz Nagoya şahrini ham tasavvur etib bölmaydi”, degan bölardim.
Ma'lumki, mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar köp asrlik tarixga ega. Yaponiyaning maşhur Nara şahri muzeyida söğd yozuvida bitilgan yodgorliklar borligi buni yaqqol tasdiqlaydi.
Yapon arxeologi, marhum professor Kato tomonidan Kuşon podşohligining dastlabki poytaxti bölgan Özbekistondagi Dalvarzintepadan topilgan budda ibodatxonasi va qirqqa yaqin haykallar yapon va jahon ilmiy jamoatçiligida katta qiziqiş uyğotib kelmoqda.
Mavzuga oid
Şu örinda özbek va yapon xalqlarini öxşaş milliy va axloqiy qadriyatlar bilan birga ilm-fan va tafakkurga, kamolotga doimo intilib yaşaş kabi ezgu fazilatlar birlaştirib turişini e'tirof etmoqçiman.
Bizning uluğ bobolarimiz – algebra fani va “Algoritm” tuşunçasining asosçisi al-Xorazmiy, Yerning aylanasi uzunligi va radiusini ilk bor hisoblab çiqqan al-Beruniy, tarixda Avitsenna nomi bilan maşhur bölgan, jahon tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qöşgan ibn Sino, noyob rasadxona va 1018 ta yulduzning joylaşuvi aniq aks ettirilgan astronomik jadval yaratgan Mirzo Uluğbek kabi buyuk özbek olimlarining ilmiy merosini, öylaymanki, sizlar yaxşi bilasizlar.
Qadrli döstlar!
Biz Özbekistonda bundan uç yil avval milliy taraqqiyotimizning yangi Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Jamiyat hayotida har tomonlama oçiqlik va erkinlikni ta'minlaş, mamlakatni modernizatsiya qilişga asoslangan uşbu Strategiya doirasida beş ustuvor yönalişda izçil islohotlarni amalga oşirmoqdamiz.
Bu jarayonda eng rivojlangan davlatlarning, xususan, ilğor yapon tajribasidan unumli foydalanişga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Çunki Yaponiya bizning vaqt sinovidan ötgan, özaro işonç va hurmat tamoyillariga asoslangan strategik şerigimizdir.
Biz uşbu taşrifni özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorligimiz tarixida boşlanayotgan mutlaqo yangi davrning öziga xos ifodasi deb bilamiz.
Yaponiya Özbekistonni xalqaro maydonda doimiy qöllab-quvvatlab kelmoqda. Ayni paytda iqtisodiyotimizni rivojlantiriş, ustuvor ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişda yaqindan kömaklaşmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan söng 5 mingdan ziyod yoşlarimiz Yaponiya universitetlarini tamomlab, öz bilim va tajribalarini Vatanimiz ravnaqi uçun safarbar etayotgani alohida e'tiborga loyiq.
Men köp yillar oliy ta'lim tizimida işlagan inson sifatida bu sohaning şarafli, şu bilan birga naqadar maşaqqatli va mas'uliyatli ekanini yaxşi bilaman.
Biz bugun uçraşib turgan Nagoya universiteti bilan Özbekistonning hamkorligi 20 yildan ziyod tarixga ega. Sizning universitetingiz 2010 yilda Toşkent şahrida öz vakolatxonasini oçganini biz yuksak baholaymiz. Hozirga qadar mazkur dargohda 400 dan ortiq özbekistonlik talaba va tadqiqotçilar tahsil olgani ayniqsa quvonarlidir.
Bugungi uçraşuvimizda Yaponiyada öqiyotgan köplab yoşlarimizni körib turganimdan xursandman. Sizlar öz iste'dod va salohiyatingizni namoyon etişingiz uçun Özbekistonda barça şaroit va imkoniyatlarni yaratib beramiz. Men hozir sizlarni körib, yuzingizdagi, çehrangizdagi özingizga bölgan işonçingizni his qilib xursand bölib ötiribman.
Sizlarga qarab, barçangiz çindan ham jonajon Vatanimizga munosib öğil-qizlar bölişingizga işonç hosil qildim. Eng katta vazifangiz – vaqtingizni bekor ötkazmasdan, a'lo öqiş, yuqori texnologiyalarni çuqur egallaş, Özbekiston va Yaponiya örtasida döstlik va hamkorlikni yanada mustahkamlaşga hissa qöşişdan iboratdir. Şu yölda barçangizga yangi yutuq, baxt va omadlar tilayman.
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Globallaşuv davrida jahonning köpgina taraqqiy etgan davlatlari “axborot jamiyati”, “bilimlar iqtisodiyoti”, “raqamli iqtisodiyot” yölini tanlaganiga guvohmiz.
Zamonaviy dunyoda inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion ğoyalar, yuqori texnologiyalar jadal va barqaror taraqqiyotning fundamental asosini taşkil qilmoqda.
Bundan yarim asr muqaddam puxta öylangan, taraqqiyotning ilm-fanga asoslangan “yapon modeli” tufayli mamlakatingiz bugun barça sohalarda yetakçi davlatlardan biriga aylandi.
Yaponiya fani sun'iy intellekt, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, robototexnika, kosmik tadqiqotlar, yadroviy tibbiyot, “yaşil energetika” yönalişlaridagi ilmiy izlanişlar borasida olamşumul yutuqlarga erişmoqda. Xususan, mamlakatingizdan 28 nafar Nobel mukofoti sovrindori yetişib çiqqani ham bu fikrning yorqin isbotidir.
Hurmatli döstlar!
Biz zamonaviy taraqqiyotning kaliti aynan ilm-fan va ta'limda ekanini çuqur anglab, inson kapitaliga investitsiya kiritişni davlat siyosati darajasiga kötardik.
Ötgan yili Özbekistonni innovatsion rivojlantiriş Strategiyasini qabul qildik. Biz innovatsiyalar sohasidagi ilğor mamlakatlar qatoridan örin egallaşni öz oldimizga vazifa qilib qöydik.
Bugungi kunda 33 millionli yurtimiz aholisining 60 foizini yoşlar taşkil etadi. Kreativ fikrlaydigan, fanning muayyan sohasida çuqur bilimga ega, yuqori intellektual salohiyatli mutaxassislar tayyorlaş ustuvor maqsadimiz hisoblanadi.
Bunga erişiş uçun oxirgi uç yilda 36 ta yangi oliy öquv yurtlari taşkil etilib, institut va universitetlarimiz soni 116 taga yetkazildi.
Bugungi kunda Özbekistonda AQŞ, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Singapur va boşqa davlatlar yetakçi oliy öquv yurtlarining 22 ta filiali faoliyat körsatmoqda.
Davlat kömagida jahonning ilğor ilmiy va ta'lim markazlarida yetuk mutaxassislar tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimli asosda yölga qöyildi. Bu jarayonlarga munosib hissa qöşib kelayotgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JAYKA) faoliyatini minnatdorlik bilan e'tirof etişni istar edim.
Yaponiya hukumatining taşabbusi – «Global-30» dasturi böyiça Nagoya universitetining Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun mas'ul etib belgilangani ğoyatda samarali bölmoqda.
Biz Nagoya universitetining prezidenti, hurmatli Matsuo janoblarining yurtimizga bir neça marta taşrif buyurib, ilmiy hamkorligimizni rivojlantiriş borasida qilayotgan katta xizmatlarini alohida qadrlaymiz. Ayniqsa, u kişining ötgan yili Nobel mukofoti sovrindori, professor Noyori janoblari bilan birgalikda Özbekistonga taşrifi mamlakatimiz ilmiy hayotida muhim voqea böldi.
Xabaringiz bor, Nagoya universitetining muhtaram prezidenti Matsuo janoblarining Özbekiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qöşib kelayotganini e'tiborga olib, yaqinda Toşkent davlat texnika universiteti ilmiy kengaşi u kişini uşbu universitetning faxriy rektori etib sayladi.
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Yaponiyaning “Kadrlar tayyorlaş” dasturi doirasida mamlakatimizning 300 dan ziyod yoşlari yurtingizda magistrlik va doktorlik ilmiy darajalarini olişga erişdilar.
Özbekiston-Yaponiya yoşlar innovatsiya markazi orqali ham önlab yigit-qizlarimiz yapon universitetlarida malaka oşirmoqdalar.
Muhtaram döstlar!
Albatta, Özbekiston va Yaponiya hamkorligida amalga oşirilgan işlarimiz e'tirofga sazovor. Ayni vaqtda hali bu borada işga solinmagan imkoniyatlarimiz ham borligini ta'kidlaş lozim. Şu munosabat bilan ayrim takliflarni bildirişga ijozat etgaysiz.
Birinçidan, Nagoya universitetining taşabbusi bilan muntazam ötkazib kelinayotgan Yaponiya-Özbekiston universitetlari rektorlari an'anaviy konferensiyasi ilmiy hayotimizda katta rol öynamoqda. Biz uşbu hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida ilmiy-akademik almaşuvlar va texnologiyalar transferi böyiça Özbek-Yapon qöşma fondini taşkil etişni taklif etamiz.
Mazkur fond özaro ilmiy tadqiqotlarni, ikki mamlakat yoş olimlarining birgalikdagi ilmiy izlanişlarini moliyalaştiriş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşuvi böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.
Uşbu fond faoliyati Özbekistonda ayni şunday yönalişda iş olib borayotgan “Iste'dod” fondining mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Dastlabki qadamlar sifatida biz Nagoya universitetining har yili 15 nafar professor-öqituvçisini Özbekistonda aziz mehmonlar sifatida qabul qilişga tayyor ekanimizni bildiraman.
Ular öz fan yönalişlari böyiça mamlakatimiz oliy öquv yurtlarida ma'ruzalar öqib, amaliy maşğulotlar, mahorat darslari ötkazib bersalar, biz nihoyatda minnatdor bölardik. Ayni vaqtda ana şunday almaşuvlar dasturi asosida har yili mamlakatingizning 50 nafar talaba-yoşlarini 15 kun davomida Özbekistonning tegişli oliy öquv yurtlarida kutib olişga tayyormiz. Öylaymanki, mana şu 50 nafar talabaning 50-60 foizi Nagoya universiteti talabalari bölsa, ayni muddao bölar edi.
Işonçim komil, bunday loyihalar ikki tomonlama munosabatlarini yuqori bosqiçga kötarişga katta hissa qöşadi. Nega deganda, yoşlarimiz örtasidagi aloqalar mustahkam bölsa, döstlik va hamkorligimiz albatta samarali va bardavom böladi.
Ikkinçidan, Nagoya universiteti va Özbekiston innovatsion rivojlaniş vazirligi hamkorligida mamlakatimiz Fanlar akademiyasi qoşida nanotexnologiyalar asosida yangi materiallar yaratiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişni taklif etaman.
Uçinçidan, özbek-yapon arxeologlari bilan birgalikda yurtimiz hududida joylaşgan buddaviylik tarixi va madaniyatiga oid arxeologik yodgorliklarni ilmiy örganiş işlarini davom ettirişimiz zarur. Biz bu borada yaponiyalik döstlarimiz bilan birga, Termiz davlat universiteti qoşida Özbek-Yapon ilmiy markazini taşkil etişdan manfaatdormiz.
Hurmatli uçraşuv qatnaşçilari!
Biz yaqinda Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasida ilm-fan va innovatsiyalar böyiça maslahatçi-vakil lavozimini joriy etdik. Nega desangiz, men bu uçraşuvdan oldin hurmatli prezident Matsuo boşçiligidagi butun ilmiy jamoa, Nobel mukofoti laureatlari, prorektorlar, professorlar bilan körişganimda köp-köp masalalarni kelişib oldik. Mana şu masalalarni amalga oşiriş böyiça bizning maslahatçi-vakilimiz Nagoya universiteti bilan bevosita şuğullanadi. Aytiş mumkinki, u Özbekiston Prezidentining Nagoya universitetidagi işonçli vakili böladi.
Vaqt ötadi, bugungi tarixiy uçraşuvimiz natijalari ikki oliy öquv yurti – Nagoya universiteti va Toşkent davlat texnika universiteti örtasidagi aloqalarga, eng asosiysi, Özbekiston va Yaponiya örtasidagi munosabatlarimizga katta ijobiy ta'sirini körsatadi, deb işonaman.
Muhtaram döstlar!
Özbek xalqi Yaponiyaning qadimiy tarixi va boy madaniyatiga katta hurmat va qiziqiş bilan qaraydi. Buning amaliy tasdiği sifatida yaqinda mamlakatimizda “Yaponiya konstitutsiyasi”, “Yapon şe'riyati guldastasi”, “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya töplamlarida”, “Özbekiston yaponiyalik qalbida” kabi bir qança kitob va albomlar özbek va yapon tillarida çop etildi.
Ijozatingiz bilan, uşbu naşrlarni Nagoya universiteti kutubxonasiga taqdim etmoqçiman. Öylaymanki, mana şu kitoblar sizning kutubxonangizdan joy olib, hamkorligimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. Bugungi hamkorligimiz, bugungi bildirilgan fikrlar, katta-katta takliflarning natijasi sifatida ikki-uç yildan keyin tarjima qiladigan kitoblarimiz yanada köpayadi, deb istak bildiraman.
Men boya uçraşuv paytida hurmatli Matsuo janoblariga aytdim: “Endi sizning jamoangiz faqat Nagoyada emas, balki Toşkentda ham katta ilmiy jamoa hisoblanadi, özbek olimlari, talabalari sizni rektor sifatida kutadi”, deb u kişini Özbekistonga taşrif buyurişga taklif qildim.
Muhtaram prezident Matsuo janoblari!
Hurmatli universitet ilmiy jamoasi!
Sözimning yakunida menga va xalqimizga körsatgan yuksak hurmat va ehtiromingiz uçun öz nomimdan, delegatsiyamiz nomidan yana bir bor minnatdorçilik bildirib, barçangizni Özbekistonga taklif etaman.