Koreya Respublikasining The Chosun Daily naşrida prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston va Koreya Respublikasi: özgarişlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik» nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Prezident maqolasida ikki mamlakat örtasidagi tarixiy aloqalar, alohida strategik şeriklik, savdo va investitsiya munosabatlarining bugungi holati hamda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş istiqbollariga töxtaldi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston va Koreya örtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oşgan. Koreyaning Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari esa 8 mlrd dollardan oşdi.

Ayni paytda Özbekistonda Koreya kapitali iştirokida 700 dan ziyod qöşma korxona va loyihalar faoliyat yuritmoqda. KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 mlrd dollardan ortiqni taşkil etadi.

Mirziyoyev ikki mamlakat iqtisodiyotining özaro töldiruvçanligi yangi ösiş drayverlarini yaratiş uçun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi. Uning fikriça, endi alohida sohalardagi hamkorlikdan umumiy işlab çiqariş tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni şakllantirişga ötiş muhim.

Maqolada sunʼiy intellekt, yarim ötkazgiçlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmatsevtika, «aqlli» qişloq xöjaligi va «aqlli şaharlar» Özbekiston-Koreya hamkorligining istiqbolli yönalişlari sifatida körsatilgan.

Şuningdek, taʼlim va inson kapitaliga investitsiyalarni köpaytiriş, akademik almaşinuvlarni rivojlantiriş va qöşma ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş zarurligi taʼkidlangan.

Prezident Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammitiga ham alohida töxtalib, uni Koreyaning nafaqat Özbekiston, balki butun mintaqa bilan hamkorligini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim maydon sifatida baholadi.

Özbekiston uşbu format doirasida siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, amaliy hamkorlikni kengaytiriş va şeriklikning yangi mexanizmlarini yaratişga qaratilgan taşabbuslarni ilgari surişni rejalaştirmoqda.

Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi örtasida tinçlik, innovatsiyalar, özaro işonç va umumiy farovonlikka asoslangan yangi hamkorlik makonini şakllantiriş mumkinligiga işonç bildirdi.