Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.

«Özbekistonda keng kölamli özgarişlar şaroitida fuqarolik jamiyatining rivojlanişi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq örtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlaş va jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda OAV roli, söz erkinligini ta'minlaş kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Tadbirda mas'ul şaxslarga Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning bloger haqidagi gaplari xususida savol berildi.

«Farğona viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev böyiça Boş prokuratura suriştiruv boşlabdi. Suriştiruv yakunlari böyiça qöşimça ma'lumot beriladi», - deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

Eslatib ötamiz, 14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga köra, Ğaniyev 2 dekabr kuni ötkazilgan selektor yiğilişida Quvada gaz yöqligiga norozilik bildirib, avtomobil yölini tösiş voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qöygan şaxsning «janozasi öqilmagani» uçun Quva tumani hokimini tergagan.