Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda yapon futbol maktabi ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi arafasida, Tokioda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya Biznes forumi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Namangan viloyati hokimligi hamda Yaponiyaning Yamanashi prefekturasi taniqli futbol klubi – “Vanfore Kofu” o‘rtasida hamkorlik aloqasi o‘rnatilib, anglashuv memorandumi imzolandi.
Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, Yaponiya J2 League divizioni yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan “Vanfore Kofu” va Namangan futboli o‘rtasida doimiy hamkorlik o‘rnatiladi. Yapon klubi yaqin davrda Namanganda o‘z futbol maktabini ochadi, ushbu maktabning eng yaxshi tarbiyalanuvchilari “Vanfore Kofu” tarkibiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek namanganlik murabbiylar uchun yapon mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminarlari, master-klasslar tashkil etadi. “Vanfore Kofu” hamda “Navbahor” jamoalari asosiy tarkibining o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.
“Suzuki”, “Citizen”, “NNS”, “Pioneer”, “Daihatsu” kabi Yaponiyaning o‘nlab taniqli yirik kompaniyalarning homiyligida faoliyat olib borayotgan “Vanfore Kofu” bilan erishilgan bu kelishuv homiy kompaniyalarning Namangan viloyatiga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga hamda kelgusida investitsiyalar sohasida hamkorlik uchun zamin yaratishi mumkin.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026