2021 yilga qadar Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy va vaqtinçalik propiska qöyiş tartibida jiddiy özgarişlar bölişi kutilmoqda. Bu haqda Özbekiston Içki işlar vaziri örinbosari Doniyor Toşxöjayev va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşliği Uluğbek Muhamedov Kun.uz`ga bergan intervyusida aytib ötdi.
Doniyor Toşxöjayev:
– Biz ham OAVdagi aholi murojaatlari, fikrlarini örganib boramiz. Bu masalani bir kunning özida hal qilişning özi notöğri böladi. Masala uzoq tahlillarni talab qiladi.
Uluğbek Muhamedov:

– Bugungi kunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy propiska masalasi avvalo qonun bilan tartibga solingan. Bu qonunni tartibga soliş esa örganişlarga asoslangan. Aytib ötganingizdek, bu masalada murojaatlar juda köp.
Nima uçun Toşkent şahriga propiska yopiq? Biroz izoh bermoqçiman. Propiska yopiq, degan ibora sal noörin, deb hisoblayman. Sababi qonun bilan tartibga solingan 12ta modda bor. Unga köra, kimlar propiskaga ötişi belgilab berilgan.
Prezidentning 2018 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş tizimini yaratiş hamda Özbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 4079-sonli qarori bilan, 2021 yildan respublika hududida personallaştirilgan ID kartalar joriy qilinadi.
Hozirda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari örganilmoqda. ID kartalarni kiritiş çoğida propiska masalasini ham soddalaştiriş rejalaştirilmoqda.
Doniyor Toşxöjayev:

– Bu masala hozirda tegişli vazirliklar tomonidan örganilmoqda. Masalan, Xalq ta'limi, Soğliqni saqlaş, Maktabgaça ta'lim va boşqa vazirliklar. Ular nimani örganmoqda? Deylik, biz propiskani oçib qöydik. Millionlab fuqaro Toşkentga keladi va tabiiyki, davlat öşa fuqarolari oldidagi majburiyatlarini bajarişi kerak böladi. Ya'ni maktab öquvçilari maktabga, boğça yoşidagilar boğçaga joylaşişi, fuqarolar işga joylaşişi, tibbiy va boşqa xizmatlardan foydalanişi kerak. Vazirliklar esa bu borada imkoniyatlarni örganmoqda.









