AQŞ prezidenti Donald Tramp 20 dekabr kuni 2020 moliyaviy yil uçun (1 oktyabrdan boşlangan) harbiy budjetni imzolaşi kutilmoqda. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.
Mudofaa budjeti 738 mlrd dollarni taşkil etadi, bu 2019 moliyaviy yildagiga nisbatan 3,1 foizga köpdir (716 mlrd dollar). Pentagonning asosiy ehtiyojlariga 635 mlrd dollar ajratiladi, Afğoniston, Suriya, Yamandagi harbiy operatsiyalarni davom ettiriş va boşqa davlatlarda terrorçilarga qarşi kuraşişga 71,5 mlrd dollar yönaltiriladi. 31,5 mlrd dollar miqdoridagi mablağ yadro qurolini şay holatda tutib turiş va uni modernizatsiya qilişga sarflanadi.
Ukrainaga harbiy yordam uçun 300 mln dollar ajratilişi möljallanmoqda, bu ötgan moliyaviy yildagiga nisbatan 50 mln dollarga köproq.
Hujjat Turkiyaga beşinçi avlod F-35 qiruvçi samolyotlarini berişni taqiqlaydi. Şuningdek, unda bildirilişiça, Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimi sotib olinişi "Rossiyaning Yevropa va Yevrosiyodagi ta'siriga qarşi turiş” töğrisidagi qonun moddasiga tuşadi, bu esa prezident tomonidan sanksiya kiritilişini közda tutadi.
Budjetda Pentagonga "turk uçuvçilarini öqitiş uçun foydalanilgan Turkiyaning oltita F-35 qiruvçi samolyotini Amerikadagi aviabazada saqlab turiş uçun 30 mln dollargaça mablağ sarflaşga" ruxsat berilgan.












