Mikel Arteta rasman «Arsenal» boş murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bungaça «Mançester Siti»da Pep Gvardiolaga yordam berib kelgan 37 yoşli ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan 3,5 yillik şartnoma imzoladi.

Arteta futbolçilik faoliyati davomida 2011-16 yillarda «kanonirlar» şarafini himoya qilgan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa «Mançester Siti»da Pep Gvardiolaning murabbiylar ştabidan joy oldi.

«Arsenal» APL 17-turidan keyin 22 oçko bilan 10-örinni band etib turibdi. 29 noyabr kuni London klubi Unai Emerini iste'foga çiqargaç, boş murabbiy vazifasini vaqtinçalik Fredrik Yungberg bajarayotgandi. Londonliklar sönggi 12 öyinda bor yöği bitta ğalabaga erişişdi.