O‘zbekistonning Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasiga a'zo bo‘lishi muhokama qilindi
2019 yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov mamlakatga 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘ladigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun kelgan Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi bosh kotibi Kristof Bernaskoni bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida Kristof Bernaskoniga mamlakatning yangi tashqi siyosati, saylov jarayonini demokratlashtirish uchun O‘zbekistonda joriy qilingan yangiliklar, jumladan xorijda O‘zbekiston fuqarolarining yashash joylarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtirish, saylovda kuzatuvchilarning rolini oshirish to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
Mamlakatning Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasiga a'zo bo‘lishi va O‘zbekistonning mazkur tashkilot doirasida qabul qilingan konvensiyalarda ishtirok etishi istiqbollari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi TIV saytida.
Mavzuga oid
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
10:29 / 19.12.2020
Ilhom Ne'matov MDH ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritadi
08:17 / 15.07.2020
Ilhom Ne'matov - Markaziy Osiyodagi integratsiya, maslahat uchrashuvlari va suv muammolari haqida
20:06 / 11.05.2020