Ayrim saylov uçastkalarida ma'lum bir qonunbuziliş holatlari haqida MSKga murojaatlar tuşmoqda. Xususan, bir saylovçi 2-3 nafar saylovçi örniga ovoz bergani, saylovoldi taşviqoti olib borilgani, oilaviy ovoz berişga şaroit borligi böyiça şikoyatlar bor.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri
«Aniq misollarga e'tiborlaringizni qaratsam. Çirçiq şahridagi 197- va 198-saylov uçastkalarida Çirçiq şahar kengaşiga nomzod Daftirov Sardor Ravşan öğli (1991 yilda tuğilgan, «Adolat» SDPdan nomzod) taşviqot tadbirlarini olib borayotgani haqida murojaat böldi. Murojaat zudlik bilan nazoratga olindi hamda prokuratura organlariga yuborildi. Natijasi haqida qöşimça axborot beriladi», – dedi MSK vakili.

Ma'lumot uçun, 21 dekabrdan boşlab saylovoldi taşviqotini olib boriş Saylov kodeksiga muvofiq töxtatilgan.
«Qöyliq dahasidagi 374-saylov uçastkasida Ekologiya partiyasi kuzatuvçisi: «Har bir saylovçi 3tadan byulleten olib, urnaga taşlayapti, deb uçastkada janjal kötarmoqda» degan murojaat böldi. Buni örganiş natijasida ma'lum bölişiça, janjal uşbu kuzatuvçi tuşunmaganligi oqibatida kelib çiqqan. U bilan içki işlar xodimlari va komissiya a'zolari hamkorligida tuşuntiriş olib borildi. Çunki saylov 3ta vakillik organi – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, viloyat va tuman deputatligi uçun bölib ötmoqda, şunday ekan har bir saylovçiga 3tadan byulleten beriladi. Bunday tuşunmovçiliklarga öz örnida zudlik bilan aniqlik kiritildi», – deya qayd etdi Mamatov.
Uning sözlariga köra, Bekobod tumanidagi 260-saylov uçastkasida oilaviy ovoz berişga harakatlar bölayotganligi haqida murojaat tuşgan.
«Biroq bu harakatlar USK a'zolari tomonidan öz vaqtida bartaraf etilgan. Bunday holatlarga umuman yöl qöyilmasligini, har bir saylovçi bir ovozga ega ekanligini yana bir bor ta'kidlaymiz», – dedi MSK vakili.
U öz sözida yana bir bor barça okrug va uçastka saylov komissiyalariga murojaat qildi.
«Saylov kodeksining 60-moddasiga asosan, saylov komissiyalari faoliyatida saylov töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi aniqlangan taqdirda tegişli saylov komissiyalari takroriy saylovni ötkaziş töğrisida qaror çiqarişi mumkin.








