AQŞ Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo yanvar oyi boşida Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.
Bu Pompeoning AQŞ davlat kotibi sifatida Özbekistonga birinçi marta kelişi böladi.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berişiça, Maykl Pompeo Özbekistonga taşrifi mobaynida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilişi kutilmoqda.
Hozirça taşrifning aniq muddati ma'lum emas. Ayrim manbalarga köra, Pompeo 5 yanvar kuni Qozoğistonda keladi va Markaziy Osiyoga safari davomida Özbekistonda ham böladi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning mayida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞga taşrifi davomida Maykl Pompeo bilan ham uçraşgandi. Öşanda tomonlar ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaş, taşqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollaştiriş masalalari muhokama qilişgandi.









