23 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida MSK raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov ikkinçi tur ötkazilişi mumkin bölgan okruglar soni oşişi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Qayta takroriy ovoz beradigan nomzodlar röyxati e'lon qilindi. Ularning soni 22 nafar. Qaysi hollarda ular qayta saylanadi? 50 foizdan kam ovoz töplagan holda qayta saylov ötkaziladi.
Jizzax viloyatida 5 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 3 nafar nomzod qayta saylanadi. Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi okruglarda esa barça deputatlar yetarli ovoz töplay olişdi.
Qayta saylovlarda ham partiyalarga tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazişlari uçun imkoniyat beriladi. Kuzatuvçilar taklif etiladi. Mablağ masalasida heç qanday muammo bölmaydi. Qonunbuziliş holatlari keyinçalik ham aniqlanadigan bölsa, 22 nafar nomzodlar soni köpayişi ham mumkin. Qonunçilikka köra, qonunbuziliş holatlari haqida saylov ötganidan keyin 10 kun içida MSKga xabar qilinişi zarur. Şu muddat içida qonunbuziliş böyiça yetarli faktlarga ega bölsak, tegişli çoralarni köramiz», dedi MSK raisi.








