Senat yalpi majlisida Mirzo-Uluğbek Elçiyeviç Abdusalomov Özbekiston Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib qayta saylandi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Mirzo-Uluğbek Abdusalomov 1952 yilda tuğilgan, Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqşunos, yuridik fanlar nomzodi. Özbekistonda xizmat körsatgan yurist.

U 1995–2004 yillar mobaynida Oliy xöjalik sudi raisi, 2004–2005 yillarda Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimlarida işlagan, 2005 yil 7 mayidan 2021 yil 5 fevraliga qadar Markaziy saylov komissiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Abdusalomov 2021 yil fevralidan buyon Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimida işlab kelayotgandi.

Ma’lumot uçun, 2024 yil yanvarida Konstitutsiyaviy sudi töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartirişga köra, Konstitutsiyaviy sud sudyalari qayta saylaniş huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi. Ilgari birinçi marta 5 yilga, ikkinçi marta 10 yilga saylangan.