Oliy Majlis Senatining ön ikkinçi yalpi majlisida senatorlar Özbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudining  tarkibiga  özgartirişlar  kiritiş  töğrisidagi masalani ham körib çiqdi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 2-bandiga va «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinçi qismining 2-bandiga muvofiq, Mirzo-Uluğbek Elçiyeviç Abdusalomovni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylaş töğrisida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilindi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Baxtiyor Dehqonboyeviç Miralimovning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Ma'lumot uçun, Mirzo-Uluğbek Abdusalomov 1952 yilda tuğilgan, Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqşunos, yuridik fanlar nomzodi. Özbekistonda xizmat körsatgan yurist.

U 1995-2004 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bölib işlagan. 2005 yil 7 maydan buyon Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.