Senatning 5 fevral kuni bölib ötgan ön ikkinçi yalpi majlisida parlament senatorlar Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tarkibiga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi masalani ham körib çiqib, Mirzo-Uluğbek Elçiyeviç Abdusalomovni Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylaş töğrisidagi qaror qabul qilingan edi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, Konstitutsiyaviy sud yiğilişida sud raisi Baxtiyor Mirboboyev lavozimdan ozod etilgan va oçiq ovoz beriş yöli bilan Konstitutsiyaviy sud raisi etib Mirzo-Uluğbek Abdusalomov saylangan.
Baxtiyor Şamsutdinoviç Mirboboyev 2017 yilning 24 avgustdan buyon Konstitutsiyaviy sudga raislik qilib kelayotgandi. Kun.uz manbasiga köra, u endilikda faoliyatini Konstitutsiyaviy sud sudyasi sifatida davom ettiradi.
Ma'lumot uçun, «Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi qonunga köra, Konstitutsiyaviy sud Özbekiston Respublikasi prezidentining taqdimiga binoan, Senat tomonidan Sudyalar oliy kengaşi tavsiya etgan şaxslar orasidan, Qoraqalpoğiston Respublikasining vakilini qöşgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud tarkibi rais va uning örinbosarini qöşgan holda yetti nafar sudyadan iborat böladi.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati – 5 yil. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bölişning eng yuqori yoşi qoida tariqasida 70 yoşni taşkil etadi. Ayni bir şaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanişi mumkin emas.
Ma'lumot uçun, Mirzo-Uluğbek Abdusalomov 1952 yilda tuğilgan, Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqşunos, yuridik fanlar nomzodi. Özbekistonda xizmat körsatgan yurist.
U 1995-2004 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bölib işlagan. 2005 yil 7 maydan buyon Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.








