«Yuksaliş» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida ma'lum qilinişiça, Qonunçilik palatasida Markaziy saylov komissiyasining 7 nafar a'zosi vakolatlari tugatilişi masalasi körib çiqilgan:

  • Mirzo-Uluğbek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasi raisi;
  • Janabay Sodiqov, huquqşunos;
  • Otagaldi Bobojonov, Xorazm viloyati Qöşköpir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
  • Muhayyo Jörayeva, «Hunarmand» uyuşmasining Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği;
  • Esanboy Rajabov, Qaşqadaryo viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlapi birlaşmasi paisi maslahatçisi;
  • Erkin Xöjaqulov, Toşkent şahar umumyurisdiksiya sudining raisi;
  • Jalil Norov (marhum).

Şuningdek, Qonunçilik palatasi 8 nafar yangi a'zolar nomzodini körib çiqdi va ma'qulladi:

  • Ergaş Yusupov, Xorazm viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi;
  • Zayniddin Nizomxöjayev, Oliy Majlis Senati raisining örinbosari;
  • Aleksandr Farmonov, «Özelektroapparat» AJ boşqaruv raisi maslahatçisi;
  • Muyassar Qodirova, Özbekiston soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining Surxondaryo viloyati mas'ul taşkilotçisi;
  • Bahrom Qöçqorov, Adliya vaziri örinbosari;
  • Şuhrat Jörayev, pensiyada;
  • Orifjon Bozorov, Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
  • Alişer Usmonqulov, Jizzax politexnika instituti rektori.

Ma'lumot uçun, Mirzo-Uluğbek Abdusalomov 1952 yilda tuğilgan,  Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqşunos, yuridik fanlar nomzodi. Özbekistonda xizmat körsatgan yurist.

U 1995-2004 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bölib işlagan. 2005 yil 7 maydan buyon Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bundan oldinroq, MSK raisi örinbosari Mahmud Istamov Buxoro viloyatining prokurori lavozimiga tayinlangandi.