Saudiya Arabistonida ötgan yilning oktyabrida Istanbulda öldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi ölimi işi böyiça tergov işlari yakunlandi. Uni öldirişda ayblangan beş kişi ölim jazosiga, yana uç kişi 24 yilga ozodlikdan mahrum qilişga hukm etildi.
Şu bilan birgalikda, Saudiya hukumati uşbu qotillik avvaldan rejalaştirilmagan holda sodir etilganini ma'lum qilgan. Bu esa hukumatning avvalgi bayonotlariga mos kelmaydi.
Qirollikning Istanbuldagi boş konsulxonasi konsuli jinoyat sodir etilgan vaqtda boşqa joyda bölganini isbotlovçi dalillarni taqdim etgani bois aybsiz deb topildi.
Sudlanganlar orasida Saudiya taxti valiahdi Muhammad ibn Salmonning maslahatçisi Saud al-Qahtoniy yöq. Holbuki aynan u OAV tomonidan qotillik taşkilotçisi sifatida körsatilgandi.
Qotillikka aloqadorlardan biri sifatida körilgan mamlakat razvedkasi rahbarining sobiq örinbosari Ahmad al-Asiriy esa ötgan yili iste'foga çiqarilib, hibsga olingandi, ammo u dalillar yetarli bölmagani sababli qöyib yuborilgan.
Saudiya Arabistoni hukumati tanqidçisi bölgan Jamol Qoşiqçi AQŞning Washington Post naşrida şarhlovçi sifatida işlagan va 2017 yildan AQŞda yaşagan. 2018 yil 2 oktabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga hujjatlarni rasmiylaştirgani kirgaç bedarak yöqolgan.
Avvaliga Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning ölimi haqidagi xabarlarni rad etgan va u elçixonani soğ holda tark etganini bildirgandi. Keyinroq Saudiyadagi naşrlar Qoşiqçi elçixona hududida halok bölganini tasdiqlovçi xabarlarni tarqatdi, ammo bu xabarlarda Qoşiqçining ölimiga konsullik xodimlari bilan janjallaşib qolgani olib kelgani aytildi.
Keyinroq rasmiy Ar-Riyod jurnalistning ölimi qasddan sodir etilganini tan olişga majbur bölgandi.
Istanbul prokuraturasi ma'lumotiga köra, Qoşiqçi konsullikda böğib öldirilgan va uning jasadi bölaklarga bölinib, konsullik hududidan olib ketilgan. Şu vaqtga qadar uning jasadi qoldiqlari topilmagan.
Saudiya Arabistoni boş prokuraturasi bayonotiga köra, Qoşiqçining öldirilişi işi böyiça 21 kişi hibsga olingan.
Valiahd şahzodaning qanday aloqasi bor?











