Bugun, 25 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi va unda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga deputatlar saylovi böyiça ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berişni ötkaziş masalalari böyiça qöşimça ma'lumotlar berildi.

Ma'lum qilinişiça, dastlabki natijalar e'lon qilinganidan keyingi örganişlar natijasida 3ta saylov okrugida ikkinçi tur ötkazilişi haqida qaror qabul qilingan, bu okruglardan ikkitasi Farğona (102-Yaypan va 106-Bağdod saylov okruglari), bittasi Samarqand (67-Pastdarğom saylov okrugi) viloyatidagi okruglardir.
Kun.uz muxbiri aniqlik kiritişiça, bu okruglarda saylov natijalarini hisoblaş jarayonida arifmetik xatolikka yöl qöyilgani aniqlandi.
Birinçi turdagi ovoz beriş natijalari qabul qilinmagani tufayli uçta partiya ÖzLiDeP, «Milliy tiklaniş» va «Adolat» partiyalari hozirça bittadan ovoz yöqotgan.
1. ÖzLiDeP - 42 (-1) (34 foiz)
2. «Milliy tiklaniş» - 34 (-1) (27 foiz)
3. «Adolat» SDP - 20 (-1) (16 foiz)
4. Xalq demokratik partiyasi - 18 (14 foiz)
5. Ekologiya partiyasi - 11 (9 foiz)
MSK ovozlarni hisoblaşda xatolikka yöl qöyilgan okruglar böyiça batafsil ma'lumot berdi:
Saylov kodeksiga köra, ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning yarmidan köpining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Saylov kodeksining 59-moddasiga köra, agar Qonunçilik palatasi saylovida saylov okrugi böyiça ikki nafardan ortiq nomzod qöyilgan bölsa-yu, ulardan heç biri saylanmasa, eng köp ovoz olgan ikki nafar nomzod böyiça okrugda takroriy ovoz beriş ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, 23 dekabr kuni MSK parlament saylovlarining natijalarini e'lon qilgaç, respublika böyiça 22ta okrugda nomzodlarning birortasi 50 foizdan ortiq ovoz töplay olmagani tufayli bu okruglarda 2 haftadan keyin (2020 yil 5 yanvar kuni)







