Jahon Savdo Taşkilotiga a'zo böliş – Özbekiston uçun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanaladi, deb ma'lum qildi prezident Şavkat Mirziyoyev «Nikkei Asian Review» naşriga bergan intervyusida.

Davlat rahbari 2017 yildan Özbekistonda kompleks islohotlar boşlangani, 2019 yilga kelib xorijiy investitsiyalar hajmi bir yil oldingidan 3 barobarga ortib, 7 mlrd dollarni taşkil etişi kutilayotganini qayd etib ötgan.

Intervyu Şavkat Mirziyoyevning 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga amalga oşirgan davlat taşrifidan oldin olingan bölib, unda Özbekiston prezidenti Yaponiya bilan hamkorlikda 6 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilayotganini aytib ötgan. Bular orasida, jumladan, Navoiy viloyatidagi yangi IES qurilişi loyihasi ham bor.

Bundan taşqari, Mirziyoyev Özbekiston va Yaponiya örtasidagi hamkorlik aloqalari qişloq xöjaligi, neft-gaz, neft-kimyo va turizm sohalarida ham rivojlanib borayotganiga e'tibor qaratib, mamlakatlar örtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlikni mustahkamlaş istagida ekanini bildirgan.

Nikkei'ning yozişiça, prezident mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraş va inson huquqlarini himoya qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganini ham ta'kidlagan. Şuningdek, davlat rahbari 22 dekabrdagi saylovlar Özbekistonning taraqqiy etgan demokratik mamlakatlar sirasiga kiriş yölidagi dastlabki qadami bölişini qayd etgan.

Taşqi siyosat borasida esa Şavkat Mirziyoyev ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar rivojiga urğu berib, Rossiya, AQŞ, Xitoy va boşqa davlatlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga çiqariş niyatini bildirgan.

Ma'lumot uçun, The Nikkei – dunyodagi eng yirik moliyaviy naşr sanaladi. Boş tahririyati Tokioda joylaşgan gazeta 140 yillik tarixga ega. Kompaniyaning Nikkei Asian Review nomli ingliz tilidagi biznes-jurnali 2013 yildan buyon çop etib kelinadi.