YeI saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi işi böyiça ayblanuvçilarga ölim jazosi berilişiga qarşi çiqadi, şu bilan birga bu işga aloqador barçani javobgarlikka tortişga çaqiradi, deyiladi Yevropa diplomatiya xizmati bayonotida.

Avvalroq Saudiya Arabistoni boş prokuraturasi Qoşiqçini öldirişda ayblangan beş kişi ölim jazosiga, yana uç kişi 24 yilga ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilganini ma'lum qilgandi.

"YeI ölim jazosi qöllanilişiga har doim va istisnolarsiz qarşi çiqadi. Bu tutib turuvçi omil böla olmaydigan şafqatsiz va noinsoniy jazodir", - deyiladi bayonotda.

YeI şu bilan birga Qoşiqçi işi böyiça Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida 2018 yil 2 oktyabrda sodir bölgan voqealar uçun "javobgar bölgan barça şaxslarning javobgarlikka tortilişi zarurligi"ni bildirdi.

Saudiya Arabistoni hukumati tanqidçisi bölgan Jamol Qoşiqçi AQŞning Washington Post naşrida şarhlovçi sifatida işlagan va 2017 yildan AQŞda yaşagan. 2018 yil 2 oktabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga hujjatlarni rasmiylaştirgani kirgaç bedarak yöqolgan.

Avvaliga Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning ölimi haqidagi xabarlarni rad etgan va u elçixonani soğ holda tark etganini bildirgandi. Keyinroq Saudiyadagi naşrlar Qoşiqçi elçixona hududida halok bölganini tasdiqlovçi xabarlarni tarqatdi, ammo bu xabarlarda Qoşiqçining ölimiga konsullik xodimlari bilan janjallaşib qolgani olib kelgani aytildi.

Keyinroq rasmiy Ar-Riyod jurnalistning ölimi qasddan sodir etilganini tan olişga majbur bölgandi.

Istanbul prokuraturasi ma'lumotiga köra, Qoşiqçi konsullikda böğib öldirilgan va uning jasadi bölaklarga bölinib, konsullik hududidan olib ketilgan. Şu vaqtga qadar uning jasadi qoldiqlari topilmagan.