O‘zbekiston | 11:05 / 26.12.2019
19460
7 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Foto: Pixabay

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 24 dekabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35000 so‘mdan 57000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 38000 so‘mdan 64000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (38 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (64 000)so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1600 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1600 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 200 so‘mdan 3500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (1 200) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3500 so‘m).

Sabzi 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da (4 000) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5500 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (5500 so‘m). Maksimal narxi esa Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahri - “Siyob dehqon bozori", «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Chirchiq shahri - «Chirchiq shahri dehqon bozori», Urganch shahri - «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da qayd etilgan (10000 so‘m).

Guruch 4000 so‘mdan 18000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori»da (4000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8400 so‘mdan 13500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 400) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5200 so‘mdan 6500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 200)so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori»,«Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» , «Mirobod dehqon bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Mavzuga oid