2019 yil yakunlanmoqda. Kim uçundir bu yil yaxşi tugamoqda, kimdir esa bu yil tezroq tugaşini istamoqda. Quyida yakunlanayotgan yilda amalga oşirilgan eng omadsiz 10ta transferi keltiriladi.

10. Kşiştof Pyontek, «Jyenoa»dan «Milan»ga

Ötgan yil kuzida uşbu polşalik eng köp muhokamalarga sabab bölgan futbolçilardan biri edi. «Jyenoa» safidaligida Pyontek A Seriyani titratdi, şu tufayli «Milan» qişki transferlar vaqtida uşbu futbolçini safiga qöşib oliş uçun 38 mln yevroni ayab ötirmadi. Uning 2018/19 yilgi mavsumning birinçi qismidagi öyinlaridan kelib çiqqan holda, «Rossoneri» nihoyat hujum çiziği muammosini hal qildi, deyiş mumkin edi. Ammo polyak futbolçi bilan barçasi teskari ketdi va u amalda gol urişdan töxtadi. Bu mavsumda ham Pyontek kutilgan öyinni namoyiş eta olmayapti va 17 öyinda atigi 4 gol urdi.

9. Stefan al-Şa'roviy, «Roma»dan «Şanxay Şenxua»ga

A-Şa'roviyning «Şanxay Şenxua»ga ötişi — Yevropalik yulduz Xitoyda öynab keta olmasligi bilan boğliq kamdan kam kuzatiladigan holatdir. Bir neça yil avval jahonning eng umidli futbolçilaridan biri sifatida körilgan futbolçi 27 yoşida osiyoliklar klubining asosiy tarkibiga kira olmadi. Italiyalik futbolçi hatto Xitoy terma jamoasiga ham çaqirilavermaydigan xitoylik vinger Tsao Yundinga qarşi raqobatni boy berdi. Umuman olganda, «Şanxay Şenxua»da Stefan köp öynamasayam köp maoş oladi - yiliga 10 mln yevro.

8. Joau Kanselu, «Yuventus»dan «Mançester Siti»ga

Ötgan yozda «Mançester Siti» A Seriyaning eng yaxşi öng qanot himoyaçilaridan biri Joau Kanselu uçun Daniloga qöşib 28 mln yevro töladi. Rejaga köra, portugaliyalik futbolçi Kayl Uolkerga munosib raqobat körsatişi kerak edi. Ammo u «şaharliklar» zaxira örindiğida qolib ketdi. Ötgan yarim yilda Kanselu «Siti»da barça turnirlar doirasida jami 15 öyinda (faqat 9 öyinda boşlanğiç tarkibda) iştirok etdi. Lekin u öziga berilgan imkoniyatlarda közga köringulik natija körsata olmadi.

7. Rayan Sesenon, «Fulhem»dan «Tottenhem»ga

Angliya futboli istiqbollaridan biri sifatida qaralayotgan 19 yoşli Sesenon uçun «şporlar» yozda 27 mln yevro tölaşdi. Rayn mavsum startini jarohat tufayli ötkazib yubordi va jamoadagi ilk öyinini faqat noyabr oyiga kelib ötkazdi. Safga qaytgan futbolçi öziga sarflangan pullarni oqlay boşlaşi kutilgandi. Ammo hozirça Sesenonda hatto «Tottenhem» zayavkasiga kira olmaslik muammosiga duç kelmoqda.

6. Markos Lorente, «Real»dan «Atletiko»ga

«Matrasçilar» yozgi transferlar bozorida faol bölişdi. Lemarning omadsiz transferidan bir yil ötib, ular yanada köproq pulni kökka sovurişdi. Ötgan yozda «Atletiko» «Siti»ga yöl olgan Rodrigoga örinbosar topişga majbur böldi. «Real»ning 24 yoşli tayanç yarimhimoyaçisi Markos Lorentega işonç bildirdi. Avvalgi klubida uşbu ispaniyalik heç qaçon yorqin öyin körsatmagan, ammo «matrasçilar» negadir uning uçun 30 mln yevro sarflaşga rozi böldi. U «Atletiko»da ham öynab keta olmadi – hozirça Simeone jamoasida u atigi 322 daqiqa ötkazdi va 4ta sariq kartoçka işladi.

5. Malkom, «Barselona»dan «Zenit»ga

Malkom Peterburgning «Zenit» klubiga ötib RPLdagi eng qimmatbaho transferga aylandi. Braziliyalik futbolçi uçun kök-oq-köklar «Barselona»ga 40 mln yevro tölaşdi. Lekin u Rossiyada faqat 63 daqiqa maydonda böldi – mavsum boşida «Dinamo»ga qarşi öyindagi noyob jarohat tufayli Malkom mavsumning qolgan qismini lazaretda ötkazmoqda. U faqat bahorda safga qaytadi, lekin u hali qanday öynab ketişi aniq emas.

4. Moyze Kin, «Yuventus»dan «Everton»ga

Ötgan mavsumda 19 yoşli forvard «Yuventus»da porlagan va turinliklarning 13 öyinida 6 gol urişga erişgandi. Lekin yozda yoş yulduz 27,5 mln yevro evaziga kamtargina «Everton»ga ötişi barçani hayron qoldirdi. Angliyada uşbu forvardga katta umid bildirilgandi, ammo hozirça u öziga sarflangan pullarni oqlay olmayapti. Öziga berilgan 539 daqiqada Moyze yangi klubidagi debyut golini nişonlaşga ulgurmadi. Uning raqobatçilari Rişarlison, Kalvert-Lyuin va hatto Jyenk Tosun undan işonçliroq öynamoqda.

3. Joelinton, «Hoffenhaym»dan «Nyukasl»ga

Bundesligada «Hoffenhaym» uçun 28 öyinda 7 gol urgan bu futbolçi Angliyada super-bombardirga aylanişiga işoniş qiyin edi. Ammo «Nyukasl» möjizadan umid qildi va Joelintonning transferi uçun 44 mln yevro töladi va tabiiyki bunga afsuslandi. APLdagi 18 uçraşuvda uşbu braziliyalik futbolçi bitta gol urdi hamda bir golga uzatma berdi. Ammo «qarğalar» boş murabbiyi Stiv Bryus hamon uni boşlanğiç tarkibga qöymoqda.

2. David Luis, «Çelsi»dan «Arsenal»ga

APLning joriy mavsumi startida David Luis Yevropadagi eng köp muhokamalarga sabab bölgan futbolçilardan biri edi. U juda köp xatolarga yöl qöyar va kulgiga qolardi. Angliya çempionatining yarmiga kelib braziliyalik futbolçi öziga kela boşladi, lekin u avvalgi formasiga qayta olmadi. Hozirda «Arsenal» uşbu 32 yoşli himoyaçi uçun tölagan 8,7 mln yevro köpdek körinmoqda. Loran Koselniga örinbosar topişda«kanonirlar» jiddiy xatoga yöl qöyişgandi.

1. Luka Yoviç, «Ayntraxt»dan «Real»ga

Yoviçning «Ayntraxt»dan «Real»ga 60 mln yevroga ötişi –  yilning eng omadsiz transferi böldi. Madrid klubida serbiyalik forvard Benzemaga raqobat qila olmayapti va zaxira örindiğiga «mixlanib» qoldi. Zidan baribir unga imkon taqdim etganida esa, Luka undan foydalana olmayapti. U 13 öyinda atigi bitta gol urdi. Afsuski, köpçilik hozirda uşbu serbiyalik hujumçi haqida bir mavsumlik futbolçi degan xulosaga kelgan.