Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudining 2019 yil 30 sentyabrdagi qaroriga asosan Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga davolaşga yuborilgan bloger Nafosat Olloşkurova ozodlikka çiqarilgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Taşanov feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
Uning yozişiça, Nafosat Olloşukurova ayni soatlarda Xorazmdan Toşkentga, oilasi bağriga qaytmoqda.

“Bugun [28 dekabr kuni] ruhiy kasalliklar şifoxonasida ötkazilgan tibbiy ekspertiza uning salomatligi yaxşilangan, deb topgan va bloger yangi yil bayramini ota-onasi va jajji qizaloqlari bilan birga kutib oladi”, deb yozgan Abdurahmon Taşanov.
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham mazkur ma'lumotni tasdiqladi.
“Agentligimizda Nafosat Olloşukurova masalasiga bağişlab alohida matbuot anjumani taşkil etilib, uning salomatligi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan edi.
Endilikda uning muolajalari nihoyasiga yetdi va u yangi yilni ota-onasi hamda farzandlari bağrida kutib olişi uçun barça şaroit yaratildi”, deyiladi agentlikning Telegramdagi rasmiy kanalida e'lon qilingan xabarda.
Feysbuk ijtimoiy tarmoğida Şabnam Olloşukurova nomi bilan tanilgan bloger Nafosat Olloşukurovaga nisbatan Urganç şahar ma'muriy sudining 2019 yil 23 sentabr kungi qaroriga asosan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Boş prokuraturaning ma'lum qilişiça, 26 sentabr kuni ma'muriy qamoq jazosini ötayotgan N.Olloşukurova ruhiyatida özgarişlar sezilganligi uçun tez tibbiy yordam çaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida körikdan ötkaziş uçun olib ketilgan. Viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri tomonidan blogerning ruhiyatida özgarişlar sodir bölayotgani, unda «ruhiy kasalsimon sindrom, paranoyal sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilgani, özi yoki atrofdagilar uçun bevosita xavf tuğdirişi, noçorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravişda qondirişga layoqatsiz deb topilgan va suddan uni psixiatriya muassasasiga joylaştiriş söralgan. Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudi tomonidan mazkur sörov qanoatlantirilgan.







