AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xorazmlik bloger Nafosat Olloşukurovaning Özbekistonni tark etişiga izoh berdi.

«Bloger Nafosat Olloşukurova Özbekistonni öz ixtiyori bilan tark etdi. AQŞ elçixonasi u bilan uning ketişi oldidan uçraşdi, elçixona uning işini diqqat bilan kuzatib boradi», - deyiladi elçixonaning Twitter sahifasida. 

Elçixonaning ta'qidlaşiça, AQŞ söz erkinligini qöllab-quvvatlaydi.

«Prezident Mirziyoyev OAV hukumat ustidan jamoatçilik nazorati va uning islohotlar dasturi muvaffaqiyati uçun zarurligini aytadi. Jurnalistlarga öz işlarini bajarişlariga ruxsat berilişi, ular tahdid yoki ta'qibga uçramasliklari kerak», – deyiladi elçixona izohida.

Avvalroq Nafosat Olloşukurova Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Özbekistonni tark etib ketayotganini ma'lum qilgandi. 

U mamlakatdan çiqib  ketişda öziga yaqindan yordam bergan AQŞning Özbekistondagi elçixonasi, "Ezgulik" inson huquqlarini himoya qiliş taşkiloti rahbari Abdurahmon Taşanov hamda advokat Umid Davletovlarga minnatdorlik bildirgan.  

Eslatib ötamiz, Urganç şahar ma'muriy sudining 2019 yil 23 sentabr kungi qaroriga asosan Nafosat Olloşukurovaga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. Boş prokuraturaning ma'lumotiga köra, 26 sentabr kuni ma'muriy qamoq jazosini ötayotgan N.Olloşukurova ruhiyatida özgarişlar sezilganligi uçun tez tibbiy yordam çaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida körikdan ötkaziş uçun olib ketilgan. Viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri tomonidan blogerning ruhiyatida özgarişlar sodir bölayotgani, unda «ruhiy kasalsimon sindrom, paranoyal sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilgani, özi yoki atrofdagilar uçun bevosita xavf tuğdirişi, noçorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravişda qondirişga layoqatsiz deb topilgan va suddan uni psixiatriya muassasasiga joylaştiriş söralgan. Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudi tomonidan mazkur sörov qanoatlantirilgan.