Aviazarba tufayli halok bölganlarning dafn marosimidan söng odamlar hukumat muassasalari va elçixonalar joylaşgan «yaşil hudud» tomon yöl olişgan va AQŞ elçixonasiga yetib borişgan.
Namoyişçilar bino atrofidagi kuzatuv kameralarini sindirişgan va elçixona binosiga suv töla idişlarni uloqtirişgan.
Namoyişçilar «Amerikaga ölim», «Amerikaga yöq» deya hayqirişgan, elçixona tomon toşlar otişgan va AQŞ bayroğini yoqişgan.

Voqea joyidan xabar bergan muxbirlarning sözlariga köra, namoyişçilar elçixona devorlariga öt qöyişgan va kuzatuv kameralarini urib sindirişgan. Iroq politsiyasi avvaliga megafonlar orqali namoyişçilarni tarqalişga çaqirgan, keyin közdan yoş oqizuvçi granatalar qöllay boşlagan. Elçixona qöriqçilari ham şovqinli granatalar uloqtirişgan.
Elçi Metyu Toller va boşqa diplomatlar har ehtimolga qarşi evakuatsiya qilingan. «Al-Hadas» telekanali ma'lumotiga köra, elçixonani tark etgan diplomatlar Iroq poytaxtidagi xalqaro aeroportdan samolyotda noma'lum yönaliş böylab uçib ketişgan.

Yakşanba kuni AQŞ aviatsiyasi şialarning «Kataib Hizbulloh» guruhi pozitsiyalariga zarba bergan, natijada kamida 25 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi jarohatlangandi.
Pentagon rasmiylariga köra, «mudofaa maqsadidagi zarbalar» Iroqdagi uçta va Suriyadagi ikkita pozitsiyaga yöllangan. Nişonlar qurol-yaroğ omborlari, şuningdek guruh koalitsiya kuçlariga hujumlar uyuştirişda foydalanadigan kuzatuv punktlari bölgan.
AQŞ hukumati bu hujumlarni Kirkukdagi bazaga berilgan raketa zarbasiga javob deb atadi. Öşa hujum oqibatida bir amerikalik harbiy halok bölib, yana 4 harbiy jarohat olgandi.
Iroq boş vaziri Odil Abdul-Mahdiy amerikaliklarning aviazarbalari mamlakat suverenitetiga tahdid ekani, bu Bağdod Vaşington bilan munosabatlarni qayta körib çiqişiga olib kelişi mumkinligini aytib ötgan.
«Kataib Hizbulloh» rahbari AQŞga qat'iy javob qaytarilişiga va'da bergan. Eron hukumati bu aviazarbalarni «terrorizm akti» deb atagan.










