Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda Jizzax viloyati, Döstlik tumani, «Alişer Navoiy» mahallasida qurilayotgan 5 qavatli turarjoy majmuasidagi uylarda tarkibida armatura bölmagan tom yopiş plitalari işlatilayotgani haqida videoroliklar tarqaldi.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi.

Mazkur 5 qavatli turarjoylardagi quriliş işlarida plitalar «Ilğor Döstlik quriliş» MÇJ (buyurtmaçi) tomonidan quriliş-montaj işlarida foylanilayotgani ma'lum böldi. 

Mazkur obekt AT «Xalq banki» Döstlik filiali tomonidan buyurtmaçining öz mablağlari va bank krediti hisobiga moliyalaştirilgan. Uşbu obektga «VIBRO PRESS» xususiy korxonasi tomonidan işlab çiqarilgan plitalar yetkazib berilgan. 

Özbekiston Respublikasi sertifikatlaştiriş milliy tizimi «Özstandart» agentligi tomonidan «NTs TURON STANDART SERTIFIKAT» MÇJ (sertifikatlaştiriş organi) UZ.AMT.06.MAI.348 raqami bilan quriliş mahsulotlarini sertifikatlaş vakolati berilgan. 

Mazkur organ tomonidan Samarqand viloyati, Samarqand şahri, Özbekiston köçasidagi promzonada joylaşgan «VIBRO PRESS» xususiy korxonasiga (korxona) «Plity perekrytiya jyelezobetonnyye mnogopustotnyye predvaritelno napryajyennyye stendovogo formovaniya tipa PB şirinoy 12dm ŞIFR 4281» ÖzDSt 2805:2013 talablariga muvofiqligi yuzasidan 2017 yil 5 iyunda uç yil muddat bilan UZ.SMT.01.348.2041276 muvofiqlik sertifikati berilgan.

Bugungi kunda, Quriliş vazirligi hududiy boşqarmalari va tizim taşkilotlarining işlab çiqaruvçilar faoliyatiga aralişiş va quriliş obektiga kiriş hamda tekşiriş vakolati belgilanmagan. Şunday bölsa-da, quriliş obektlarida tatbiq qilinayotgan «VIBRO PRESS» xususiy korxonasi tomonidan işlab çiqilgan plitalar böyiça Jizzax viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan işlab çiqaruvçiga 2018 yil 6 noyabrda 04/1254-sonli ogohlantiriş xati yuborilgan.

Işlab çiqaruvçi korxona tasdiqlangan davlat standartlariga rioya etgan holda akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyasida plitaning hamda unda qöllaniladigan materiallarni fizik-mexanik xususiyatlari böyiça doimiy va davriy sinovlarni ötkazişi va tasdiqlangan işçi çizmalarga muvofiq işlab çiqarişi talab etiladi. Bundan taşqari, bir yilda bir marotaba sertifikatlaştiriş organi tomonidan işlab çiqilayotgan mahsulotni standart talablariga muvofiqligi böyiça inspeksion nazorat amalga oşiriladi.