Bağdod xalqaro aeroportiga aviazarba berilişi oqibatida Islom inqilobi soqçilari korpusining “Quds” maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniy halok böldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.    

Zarbalar vaqtida Iroqning şia qöşinlari qömondoni örinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bölgan. Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi “Al-Xaşd aş-Şa'biy” guruhining ma'lum qilişiça, aeroportning raketalar bilan öqqa tutilişida umumiy hisobda 7 kişi, jumladan guruhning 5 a'zosi va ikki mehmon halok bölgan.    

Ta'kidlanişiça, Sulaymoniy şaxsi barmoğidagi uzukdan örnatilgan. 

Ma'lum qilinişiça, al-Muhandis aeroportga samolyoti yo Livandan, yo Suriyadan kelgan Sulaymoniyni kutib olişga soqçilar tarkibida kelgan. Zarba Sulaymoniy samolyotdan çiqişi bilan berilgan.

Eronning IRINN davlat telekanali boşlovçisining ma'lum qilişiça, Eron generalning halok bölganini tasdiqladi. Telekanal ma'lumotlariga köra, general AQŞ vertolyotlari hujumi oqibatida halok bölgan.  

Bu orada Pentagon ham Sulaymoniy halok bölganini tasdiqladi va zarbalar berişga buyruqni şaxsan AQŞ prezidenti Donald Tramp berganini ma'lum qildi. Pentagonda ta'kidlanişiça, Sulaymoniy AQŞning Bağdoddagi elçixonasiga hujum qilinişiga rozilik bergan.   

Associated Press voqeaga izoh berib, Sulaymoniyning öldirilişi “Yaqin Şarqdagi buriliş lahzasi bölişi va Eron hamda u tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi kuçlar tomonidan Isroil va AQŞdan öç olişga olib kelişi mumkinligini” ta'kidlab ötgan.