Özbekiston Respublikasi DXX Tergov boşqarmasi tomonidan tergov qilingan Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan jinoyat işidan alohida iş yurituviga ajratib olingan, xalq orasida «Murodboy» nomi bilan tanilgan Mirzamurod Mirzarahimoviç Yunusaliyevga nisbatan jinoyat işi böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Tergov departamenti Kun.uz’ xabar berdi.
2017 yil may oyidan qidiruvda bölgan M.Yunusaliyev 2019 yil 27 aprel kuni qölga olingan. U qidiruvdaligi bois harakatdan töxtatib qöyilgan jinoyat işi qayta tiklanib, IIV huzuridagi Tergov departamentining iş yurituviga qabul qilib olingan.
Tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, M.Yunusaliyev 2016 yil yanvar oyida «ERKIN AVTO DILLER» nomli mas'uliyati çeklangan jamiyatni ta'sis etib, fuqarolarning mol-mulkini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş maqsadida, mazkur jamiyat faoliyatini niqob qilgan holda «moliyaviy piramida» deb nomlanuvçi iqtisodiy tuzilma taşkil etgan. Bu tuzilmaga özining önga yaqin jinoiy şeriklarini jalb qilib, ular yordamida 6636ta holatda 4000 nafarga yaqin fuqarolarni avtotransport vositalari, köçmas mulk obektlari va naqd pullarini bir yil yoki 10 oy davomida ikki barobar qilib qaytariş haqida yolğon va'dalar berib, fuqarolarning jami 26 mln 870 ming 51 AQŞ dollari va 18 milliard söm miqdordagi pul va boşqa mol-mulklarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişgan.
Jinoyat işi yuzasidan Toşkent viloyati Çinoz, Yangiyöl, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tergov guruhi ştablari taşkil qilinib, jabrlanuvçilarni tergovga jalb qiliş çoralari körilgan.
Jinoyat işi böyiça qariyb 8 milliard sömlik 18ta köçmas mulk obektlari (uy, çoyxona, dökon binosi, noturar bino va inşootlar) xatlangan. Fuqarolarga tegişli 85ta yengil avtomaşinalar aşyoviy dalil tariqasida olingan. Uşbu avtomaşinalarning barçasi belgilangan tartibda baholanib, öz egalariga qaytarilgan.
Jinoyat işi böyiça M.Yunusaliyev va uning jinoiy şeriklariga eski tahrirdagi JKning 168-moddasi 3-qismi «a,v» bandlari bilan ayb e'lon qilinib, qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça tergov harakatlari yakunlanib, sudga yuboriş çoralari körilmoqda.
Ma'lumot uçun, 1984 yilda Çinoz tumanida tuğilgan Mirzamurod Yunusaliyev ham 2015 yilga qadar Ahmadning yugurdaklaridan bölgan va xalq orasida, xuddi ustozi kabi — Murodboy nomini olgandi.
2016 yilning yozida Ahmadjon Tursunboyev qölga olinganida Mirzamurod Yunusaliyevga tegişli bölgan avtomobil turar joylarida aholidan ikki hissa qaytariş va'dasi bilan olingan 100dan ortiq turli rusumdagi avtomobillar borligi aniqlangan, uning özi yaşaş manzilidan qoçib ketib, qidiruvga berilgandi.








