Çiro Immobile – bugungi kunda A Seriyaning asosiy yulduzi. 17-turdan söng uning hisobida 19 gol bor va töpurarlar bahsidagi ta'qibçilardan ança oldinga ötib ketgan.

Xususan, Romelu Lukaku hisobida 12, Kriştianu Ronalduda esa atigi 10 gol bor, xolos. Bundan taşqari, Çiro 5 marta şeriklariga golli uzatmalar amalga oşirgan, ya'ni rimliklar urgan 40 golning 22tasida yaqinda 30 yoşga töladigan hujumçi iştirok etgan.

Umuman, Yevropa miqyosida ham Immobilening natijalari tahsinga loyiq – faqat Levandovski kuçli beşlikda Immobile bilan teng kela olyapti, xolos. Odatda gol uriş qiyinroq (Ronaldudan sörang) sanalgan va odatda, töpurarlar mavsumda 30talik dovonni zabt etavermaydigan A Seriyadagi bunday samaradorlik tabiiyki, futbolçini mavsumning birinçi yarmida Yevropaning asosiy yulduziga aylantiradi.

Immobile «Latsio»da endigina törtinçi mavsumni ötkazayotgan bölsa-da, qisqa muddatda u «Latsio» afsonalari darajasiga çiqib böldi – şu muddatda u har mavsumda kamida 15tadan gol urişga muvaffaq böldi. 2014/15 yilgi mavsumdan keyin ilk marta töpurarlar bahsida «Latsio» futbolçisi özini körsatmoqda. Öşanda Miroslav Kloze 13 goli bilan ruyxatda 9-örinda qolib ketgandi.

Immobilening ajoyib sport formasi va körsatkiçlari uning individual mehnatigina emas, «Latsio»da hujumçining maksimal darajada özini körsatişi uçun barça şaroitlar muhayyo qilinganida hamdir.

Indzagi u bilan a'lo darajada munosabat örnatgan, keçki ovqatlaniş çoğida ular birga ötirişadi, gollarni ham birga nişonlaşadi. Siz sönggi yillardagi butun Italiya matbuotini titib ham, Indzagining Immobile haqidagi birorta tanqidiy fikrini topa olmaysiz. Indzagi jamoasining eng yaxşi futbolçisini yaxşi köradi va heç qaçon omma oldida uning xatolari haqida söz yuritmaydi.

Masalan, Indzagining hujumçi haqidagi sönggi fikrlari:

«Sassuolo»ga qarşi öyinda Immobile penalti tepiş huquqini Luis Albertoga bergani haqida:

  • «U ajoyib futbolçi. Bu vaziyat esa, uning qançalik katta futbolçi ekanini va inson sifatidagi fazilatlarini namoyon qildi. U nafaqat özida, balki atrofidagi insonlarda ham hammasi a'lo bölişini istaydi»

Mavsum haqida:

  • «Latsio»da hammasi joyida va men bundan juda xursandman. Keyin ham xuddi şunaqa öynasak, zör bölardi. Kimidir alohida ajratib körsatiş odatim yöq, lekin Sergey Milinkoviç-Saviç va Immobileni e'tirof etgan bölardim. Ular atrofida butun jamoa quriş mumkin bölgan haqiqiy yetakçilardir»