Parlament saylovlarida eng köp deputatlik örniga ega çiqqan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tez orada boş vazir nomzodini ilgariş suriş masalasida siyosiy kengaş yiğilişini ötkazadi.

«Hozirda uşbu yiğilişga tayyorgarlik körilmoqda va u yaqin kunlarda bölib ötadi», – dedi partiya Siyosiy kengaşi ijroqömi raisi Aktam Hayitov duşanba kungi brifingda.

Foto: ÖzLiDeP

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, partiya yetakçisi saylovoldi taşviqotlari va va'dalari, xalq bilan muloqot natijasida şakllangan masalalar yuzasidan «Yöl xaritasi» tuzilişini ham ma'lum qilgan.

Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 53ta örinni egallagan liberal-demokratlar saylovda ğolib çiqdi. Saylovoldi taşviqoti davrida partiya hukumatning amaldagi rahbari Abdulla Aripov nomzodini qöllaşini ma'lum qilgan.