Tokiodagi an'anaviy baliq auksionida 278 kglik kök tunets baliği 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar) sotildi. Bu haqda NHK naşri ma'lum qildi.
Auksion an'anaviy ravişda yanvar boşida Tokio böğozi yaqinidagi Toyesu tumanidagi dunyodagi eng yirik baliq bozorlaridan birida ötkaziladi. Uşbu turdagi baliq uçun eng yuqori narxni qatorasiga ikkinçi yil Sushi Zanmai sushi restoranlari tarmoğiga egalik qiluvçi Kiyomura kompaniyasi taklif qildi. 2018 yilda ham uşbu kompaniya kök tunets uçun 333,6 mln iyen (3 mln dollar) tölagandi.
Kompaniya egasi Kiyesi Kimura öz mijozlarini mazali tunets bilan mehmon qiliş uçun pulni ayab ötirmaydi. Kimura uşbu auksionda muntazam iştirok etib, eng yuqori narxlarni taklif qilib keladi. Auksionda sotilgan baliqni tutgan 57 yoşli erkakning aytişiça, bunday ovni har bir baliqçi orzu qiladi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamğarmasi saytida körsatilişiça, kök tunets yöq bölib ketiş yoqasida turgan tur hisoblanadi. Uşbu turdagi katta yoşli baliq uzunligi 3 metrgaça, oğirligi esa 680 kg.gaça yetişi mumkin.












