Eron oliy milliy xavfsizlik kengaşi amerikalik harbiylar tomonidan "Al-Quds" bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniyning öldirilişi uçun AQŞdan qasos olişning 13 xil yölini tayyorladi. Bu haqda milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Şamxoniy ma'lum qildi.
"Bugungi kunda milliy xavfsizlikda qasos olişning 13 xil yöli taqdim etildi", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Fars agentligi.
Şamxoniyning qöşimça qilişiça, "ularning eng kiçigi ham AQŞ uçun tarixiy dahşatga aylanadi".
Uning sözlariga köra, "amerikaliklar Eronning javobi oldida ojiz ekanliklarini bilişadi".
"Agarda AQŞ kuçlari mintaqani özlari tark etişni istamasa, biz ularni bunga majbur qilamiz", - dedi Eron xavfsizlik kengaşi kotibi.
Eron va AQŞ örtasidagi munosabatlar Bağdod aeroportida Eron generali Qosim Sulaymoniy amerikalik harbiylar tomonidan öldirilganidan söng keskinlaşdi. Tehron Vaşingtondan buning uçun qasos olişini bildirdi.










