Özbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat boji töğrisida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma'qullangan.

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oşirganlik va (yoki) bunday harakatlar uçun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor şaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uçun undiriladigan majburiy tölovdir.

Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:

Özbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oşirganlik uçun tölanadigan konsullik yiğimi;

ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat körsatiş belgilariga, tovar kelib çiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza beriş bilan boğliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oşirganlik uçun tölanadigan patent boji.

Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor şaxslarga murojaat qilayotgan va öziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar beriş amalga oşiriladigan yuridik va jismoniy şaxslar davlat bojini tölovçilardir.

Davlat boji quyidagilardan undiriladi:

1) fuqarolik işlari böyiça sudlarga beriladigan da'vo arizalaridan, davlat boşqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oşirişga vakolatli bölgan boşqa organlarning, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining va ular mansabdor şaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (şikoyatlardan), alohida tartibda yuritiladigan işlarga doir arizalardan, fuqarolik işlari böyiça sudlarning hal qiluv qarorlari, iş yuritişni tugatiş töğrisidagi, da'voni körmasdan qoldiriş töğrisidagi, sud jarimalarini soliş töğrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya şikoyatlaridan va nazorat tartibidagi şikoyatlardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolaşiş haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasi beriş töğrisidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolaşiş haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasi beriş töğrisidagi işlar yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya şikoyatlaridan va nazorat tartibidagi şikoyatlardan, çet davlat sudining hamda çet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan oliş va ijroga qaratiş haqidagi arizalardan, çet davlat sudining hamda çet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan oliş va ijroga qaratiş töğrisidagi işlar yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya şikoyatlaridan va nazorat tartibidagi şikoyatlardan, şuningdek fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va köçirma nusxalarini berganlik uçun;