Çimyondagi “Amirsoy Resort” toğ-çanği kurortida 7 yanvar soat 16:20da çanği trassalari yopilişi oldidan taşrif buyuruvçilardan biri kurort xodimlariga yoş çanğiçi yöqolib qolganini xabar qilgan. Şundan keyin kurort qutqaruvçilari jamoasi zudlik bilan çanğiçini qidirişni boşlab yuborişgan. Bu haqda kurortning Telegram-kanalida ma'lum qilindi.  

Xabarda ta'kidlanişiça, 30 daqiqadan keyin çanğiçi trassadan taşqarida tiriklik alomatlarisiz topilgan. Kurortning 8 nafar professional qutqaruvçisi va 2 nafar şifokor 50 daqiqa davomida jabrlanuvçini jonlantirişga harakat qilişgan, biroq baxtga qarşi ularning urinişlari besamar yakunlangan. 

Amirsoy Resort ma'muriyati halok bölgan çanğiçining qarindoşlari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, çanğiçi çanği uçiş vaqtida trassa taşqarisiga uçib çiqib ketgan. Voqea tergov qilinmoqda.  

Zamonaviy turdagi kurortning tantanali oçilişi 2019 yil 21 dekabrda bölib ötgandi. Bildirsoyda joylaşgan dam oliş maskanini qurişda Germaniya, Italiya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniyadan mutaxassislar jalb qilingan. Loyiha qiymati 100 mln dollarni taşkil qilgan.