Eronda qulagan Ukraina layneri bortida bölgan barça insonlar halok böldi, deya xabar bermoqda Reuters Eron televideniyesiga asoslanib.
«RIA Novosti»ga mamlakat Aviatsiya vazirligi vakili Ja'far Zodaning ma'lum qilişiça, samolyotda 167 yölovçi bölgan. Eronning Press TV telekanali xabariga köra, bortda kamida 170 kişi bor edi.
Tehrondagi şoşilinç yordam markazi rahbarining ma'lum qilişiça, halok bölganlar şaxsini aniqlaşning imkoni bölmayapti. Hozirda qutqaruvçilar taxminan ikki gektar hududda yölovçilarning jasadlarini yiğişmoqda, ular keyin sud-tibbiyot ekspertlariga topşiriladi.
🎥 تصاویر اولیه از حریق هواپیمای اوکراینی در منطقه شهریار#سقوط_هواپيما pic.twitter.com/UhdpNx0NME
— خبرگزاری تسنیم 🇮🇷 (@Tasnimnews_Fa) January 8, 2020
Pervoye video s mesta padeniya Avialayner Boeing-737. pic.twitter.com/k5XgdgLoa2
— YURII (@for_ura80) January 8, 2020
Boeing 737 yölovçi samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy xalqaro aeroportidan parvozga kötarilganida qulab tuşdi. Layner Ukraina aviakompaniyasiga tegişli. Halokatga «texnik muammolar» sabab bölgan.

Flightradar servisi ma'lumotlariga köra, gap PS752 reysi haqida bormoqda. Samolet Tehrondan Toşkent vaqti bilan 6:42da uçgan va oradan ikki daqiqa ötib signal yuborişni töxtatgan.
Uşbu reys haqidagi ma'lumotlar «Ukraina xalqaro aviayönalişlari» saytida mavjud. U yerda samolyot Kiyevga soat 5:15da uçib ketgani ma'lum qilingan.
















