Bu haqda birinçi bölib xabar tarqatgan «Tasnim» axborot agentligi aviahalokat «texnik nosozlik» tufayli röy berganini ma'lum qildi.

Voqea joyiga darhol qutqaruvçilar yetib kelişdi. Ammo Erondagi «Qizil yarimoy» jamiyati vakillari halokatdan omon qolganlar yöqligini ma'lum qilişdi. Samolyotda qança kişi bölgani haqida aniq ma'lumot yöq - 167dan 180gaça bölgan raqamlar aytilmoqda. Yölovçilar turli davlatlar fuqarolari bölgan. Eron qutqaruv xizmati rahbari Pirhusayn Kulivand davlat televideniyesiga bergan intervyusida bortda bölganlarning barçasi halok bölgani, qutqaruvçilar qurbonlarning jasad qoldiqlarini yiğiş bilan şuğullanayotganini ma'lum qildi.

Erondagi ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulaşi tasvirlangan videoyozuvlar tarqaldi.

Ma'lum bölişiça, samolyot «Ukraina xalqaro avialiniyalari»ga (MAU) tegişli bölgan. 

Flightradar24 servisi ma'lumotlariga köra, samolyot joylaşuvi haqidagi sönggi ma'lumot u Tehron yaqinidagi Parand şahri ustidan uçib ötayotgan vaqtda olingan.

MAU saytida Tehrondan Kiyevga uçgan PS752 reysi mahalliy vaqt bilan 5:15 da (Toşkent vaqti bilan 6:45da) uçib ketgani körsatilgan.

Uşbu halokat Yaqin Şarqda AQŞ-Eron munosabatlarida yuzaga kelgan eskalatsiya bilan ham boğlanmoqda. Bugun tongda, uşbu aviahalokat bilan bir vaqtda Eron qurolli kuçlari AQŞning Iroqdagi bazalariga raketalar bilan zarba berdi. Uçirilgan 15ta raketadan 11tasi nişonga borib tekkan. Ayni vaqtda bu raketalardan biri samolyotga tegib ketgan bölişi mumkinligi haqida taxminlar bildirilmoqda.