Eronda halokatga uçragan Ukraina samolyotining barça yölovçilari va ekipaji halok böldi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» agentligiga Ukraina Taşqi işlar vazirligining Konsullik boşqarmasi boşliği Vasil Kiriliç «Ukraina xalqaro aviayönalişlari» dastlabki ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Avvalroq, layner bortidagi barça insonlar halok bölgani haqida Reuters Eron televideniyesiga asoslanib xabar tarqatgandi.

Kiriliçning «Ukraina xalqaro aviayönalişlari» ma'lumotlariga tayangan holda ma'lum qilişiça, samolyot Tehrondagi Imom Xomayniy aeroportidan parvozga kötarilgan va aeroportga yaqin hududda qulagan. Uning qöşimça qilişiça, «halok bölgan Ukraina fuqarolari töğrisida yangilangan ma'lumotlar qöşimça ravişda beriladi».

Reuters’ning Eron Taşqi işlar vazirligi vakiliga tayanib xabar berişiça, samolyotda 160dan ortiq inson bölgan. Eronning Press TV telekanaliga köra, gap 169 kişi haqida bormoqda.

Öz navbatida, aeroport rasmiy vakilining ma'lum qilişiça, yölovçi samolyotning qulaşiga dvigatelning yonib ketişi sabab bölgan bölişi mumkin.

Ukraina elçixonasi Tehronda qulagan Ukraina layneri qurbonlari şaxsini aniqlamoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga diplomatik missiya vakili «qaynoq liniya» orqali xabar berdi.

Hozirgi paytda elçixonada halokat qurbonlari haqida töliq ma'lumot yöq. «Biz tegişli tuzilmalar bilan aloqada bölib turibmiz va halok bölganlarning röyxatini tuzyapmiz», - dedi agentlik suhbatdoşi. Uning qöşimça qilişiça, diplomatik missiya xodimlari Tehron aeroportida işlamoqda.

Flightradar servisi ma'lumotlariga köra, gap PS752 reysi haqida bormoqda. Samolyot Tehrondan Toşkent vaqti bilan 6:42da uçgan va oradan ikki daqiqa ötib signal yuborişni töxtatgan.