7 yanvar kuni turli naşrlar Vaşington Eron taşqi işlar vaziriga viza berişdan boş tortgani töğrisida xabar tarqatgandi.

Amaldor BMT Xavfsizlik kengaşining 9 yanvar kuni Nyu-Yorkda ötkaziladigan yiğilişida iştirok etmoqçi edi.

Zarifning sözlariga köra, AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo viza berişni rad etiş qarorini dekabr oyida berilgan sörovni körib çiqişga ulgurişmagani bilan izohlagan.

«Men ulardan [Amerika hukumati] biror va'daga vafo qilişni kutmayman, şu tufayli bundan ajablanganim yöq. Ammo şunisi ajablanarliki, ular nimadan qörqişadi? Men Nyu-Yorkda qanday yomon iş qilişim mumkin?» - degan vazir.

Zarifning qayd etişiça, AQŞ boşqa davlat hududida Iroq va Eronning bir neça yuqori martabali amaldorlarini öldiriş bilan amalda uruş yöliga ötdi. Vazirning fikriça, bu harakatlar oqibati amerikaliklar kutganidan butunlay boşqaça böladi.

«Men öylaymanki, davlat kotibi Pompeo prezidentni [Donald Tramp] çalğitmoqda. U Tehron va Bağdod köçalaridagi odamlar raqs tuşib yuribdi deb öyladi... Ammo öylaymanki, u hozir, Iroq va Erondagi gumanizm dengiziga guvoh böldi. Nahotki u Amerika taşqi siyosatini yöldan adaştirib yuborganini tan olmasa?» - deya savol qöygan vazir.

Zarif rasmiy Tehron Vaşingtonning harakatlariga javob qaytarişini, ammo javob zarbasi «qonuniy maqsadlar»da berilişini aytib ötgan. U uşbu ibora orqali nimani ifodalamoqçi bölganini keltirmagan.

Vazirning fikriça, AQŞning bunday harakatlari amerikaliklarning öziga ham yoqmaydi.

«AQŞ qonunlar qat'iy amal qiladigan davlat ekani bilan faxrlanardi. Ammo hozir körmoqdamizki, u yerda jungli qonunlari amal qilmoqda», degan Javod Zarif.

Inqirozning çuqurlaşişi
AQŞ va Eron munosabatlaridagi navbatdagi inqiroz 3 yanvar kuni Bağdodda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bölinmasi «Al-Quds» qömondoni Qosim Sulaymoniy amerikalik harbiylar tomonidan öldirilişi ortidan yuzaga keldi. Pentagon Sulaymoniy AQŞ prezidenti Donald Trampning farmoyişiga binoan yöq qilinganini ma'lum qildi.

Sulaymoniyni öldiriş amaliyoti Amerikaning Bağdoddagi elçixonasi namoyişçilar tomonidan qamal qilinişi ortidan ötkazildi. Vaşingtondagilarning fikriça, diplomatik missiyaga hujum general Sulaymoniy topşiriği bilan amalga oşirilgan.

Amerikalik harbiylar ma'lumotlariga köra, Qosim Sulaymoniy va uning maxsus bölinmasi Yaqin Şarqda yuzlab xalqaro koalitsiya tarkibidagi amerikalik harbiylar halok bölişida va minglab kişi jarohat olişiga javobgardir.