Ukraina Taşqi işlar vaziri Vadim Pristayko Tehrondan Kiyevga uçgan «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasi Boeing-737 rusumli samolyoti bortida bölgan yölovçilar fuqaroligiga aniqlik kiritdi.
Unga köra, Erondagi aviahalokatda 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrainalik, 10 nafar şvetsiyalik, 4 nafar afğonistonlik, Germaniya va Buyuk Britaniyadan esa 3 nafardan fuqaro bölgan.
Narazі nam vіdoma nastupna іnformatsіya shchodo krayin poxodjyennya zagiblix v katastrofі #PS752:
— Vadym Prystaiko (@VPrystaiko) January 8, 2020
Іran - 82;
Kanada - 63;
Ukrayina - 2 + 9(yekіpaj);
Shvetsіya - 10;
Afganіstan - 4;
FRN - 3;
Velika Britanіya - 3.
Vislovlyuemo nashі spіvchuttya. Ukrayinska vlada prodovjue rozslіduvannya.
Öz navbatida, Erondagi naşrlar aviahalokat oqibatida halok bölganlarning 147 nafari eronlik, 32 nafari xorij davlatlar fuqarolari bölgani haqida xabar tarqatgan.
Samolyotdagilarning köpçilik qismi Kanadada öqigan eronlik talabalar bölgani aytilmoqda. Ular ta'tilni yakunlab, Kanadaga qaytişda arzon bölgani uçun uşbu loukoster xizmatidan foydalanişgan.
Ijtimoiy tarmoqda voqea joyidan topilgan fors yozuvidagi qölda yozilgan matn parçasi topildi. Ma'lum qilinişiça, u eronlik talaba tomonidan yozilgan, u imtihondan ötib oliş uçun duo qilgan.
این دانشجو بنده خدا میخواست بره خارج از جنگ دور بشه و درس بخونه که...😞😔 pic.twitter.com/eUpwlkGLns
— 😏دیگو پاستا🍝 (@im_mahdi9) January 8, 2020
Telegramdagi Ukraina 24/7 kanalida aviahalokat qurbonlari röyxati keltirildi.
«Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasiga tegişli bölgan Boeing 737 rusumli yöovçi samolyot 8 yanvar tongida Tehrondagi aeroportdan havoga kötarilişidan ikki daqiqa ötib qulab tuşdi. Samolyot yerga urilgaç portlab yonib ketgan va bortdagilarning barçasi halok bölgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ummonga taşrifini muddatidan avval yakunlab Kiyevga qaytdi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi. U hodisa böyiça jinoiy iş oçişga körsatma bergan.














