Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 yanvar kuni quriliş sohasidagi islohotlarni yanada jadallaştiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Mamlakatimizda bunyodkorlik kölami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma obektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi işlarni sifatli va öz vaqtida bajariş uçun malakali quruvçilar, bilimli loyihaçilar, barqaror taşkilotlar kerak.

Yiğilişda quriliş sohasidagi muammo va kamçiliklar keskin tanqid qilindi. 

Masalan, Özbekistonda 22 mingga yaqin quriliş-pudrat taşkiloti bölib, ularning aksariyatida işçilar soni va kasb malakasi töğrisida ma'lumot yuritilmaydi.

Hududlardagi barça qurilişlar yagona buyurtmaçi xizmati taşkilotlariga topşirib qöyilgani körsatkiçlarga salbiy ta'sir körsatmoqda. Ilğor xorijiy tajribada quriliş xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilinsa, bizda barça kuç va resurslar jarayonni nazorat qilişga sarflanib, sifat ikkinçi öringa tuşib qolgan.

Davlatimiz rahbari sohadagi kamçiliklarni bartaraf etiş, uni zamonaviy asosda rivojlantiriş böyiça muhim çora-tadbirlarni belgilab berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Loyiha institutlari örtasida soğlom raqobat muhitini yaratiş, xorijiy tajriba asosida tenderlar ötkazişning aniq mezonlarini işlab çiqiş, bu borada elektron tizimni eksperiment tariqasida Toşkent şahrida joriy etiş böyiça topşiriq berildi. 

Quriliş, Moliya, Adliya vazirliklari va boşqa mutasaddi taşkilotlarga joriy yil 1 iyulgaça quriliş korxonalari faoliyatini baholaş reytingini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Uşbu reytingda işçilar soni va malakasi, bajarilgan işlar hajmi, soliq va kreditlarning öz vaqtida tölanişi kabi mezonlar öz aksini topadi. 

Prezident şaharsozlik normalari va qoidalarini hamda yagona buyurtmaçi xizmati taşkilotlari faoliyatini takomillaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Sohada axborot texnologiyalaridan foydalaniş darajasi pastligi körsatib ötildi. Jumladan, loyihalarni yaratiş, ekspertizadan ötkaziş, qurilişga ruxsat beriş, quriliş-pudrat işlarini masofaviy nazorat qiliş jarayonlari haligaça qoğozda bajarilyapti. Investor va tadbirkorlar uçun qayerda nima quriş mumkinligi haqida ma'lumot beruvçi geoinformatsion tizim yölga qöyilmagan.