Prezident Şavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoşlik” talabalar şaharçasi hokimligida taşkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanişdi.

Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvçan, bilimli va taşabbuskor yoşlar salohiyati bilan uzviy boğliq. Şu bois, talabalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ular uçun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratiş, taʼlim muassasalari va talabalar şaharçalarida boşqaruv tizimini raqamlaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada davlat rahbari tomonidan joriy yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror muhim huquqiy asos bölmoqda.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Yoşlik” talabalar şaharçasida raqamli texnologiyalarga asoslangan vaziyatlar markazi taşkil etildi. Markaz talabalar xavfsizligini taʼminlaş, hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatiş, davomatni nazorat qiliş hamda huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan kompleks tizim sifatida faoliyat yuritadi.

photo_2026-09-11_18-26-51 (2)

Umumiy maydoni 1 ming 368 kvadrat metrni taşkil etuvçi “Yoşlik” talabalar şaharçasi hokimligi binosi 2024-yilda qurilgan. Uni mukammal taʼmirlaş, vaziyatlar markazini taşkil etiş va hududni obodonlaştiriş işlariga 33 milliard söm yönaltirildi.

Bugungi kunda binoda vaziyatlar markazi bilan bir qatorda startap xonasi, oliy taʼlim tarixi muzeyi, Yoşlar işlari agentligining tuman bölimi hamda xotin-qizlar tadbirkorligi markazi joylaşgan.

Vaziyatlar markazi şaharçadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali 75 mingga yaqin talaba, şu jumladan, yotoqxonalarda istiqomat qiluvçi 17,5 ming nafar yigit-qizning xavfsizligi taʼminlanadi. Ularning davomatini nazorat qiliş va huquqbuzarliklarning oldini oliş imkoniyatlari ham mavjud.

photo_2026-09-11_18-26-51 (4)
photo_2026-09-11_18-26-51
photo_2026-09-11_18-26-52 (2)

Markaz 17 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu turli maʼlumotlarni yagona raqamli platforma orqali tezkor tahlil qiliş va vaziyatga qarab zarur çoralar köriş imkonini beradi.