Avstriya federal prezidenti Aleksander Van der Bellen 7 yanvarda kansler Sebastyan Kurs boşçiligidagi hukumatni qasamyodga keltirdi. 

Kurs ikkinçi marta Avstriya kansleri lavozimini egalladi. 2017 yil dekabrda u tomonidan şakllantirilgan hukumat 2019 yil mayida sobiq vitse-kansler Xayns-Kristian Ştraxe atrofidagi mojaro sababli tarqalib ketgandi.    

Hukumatning qasamyod keltiriş marosimi federal prezident devonxonasida bölib ötdi. Avstriya prezidenti yangi hukumat qasamyod keltirişi oldidan birinçi ayol kansler Brigitte Birlyayn boşçiligidagi ötiş davri hukumatini öz majburiyatlaridan ozod etdi.

1 yanvarda Kursning Avstriya xalq partiyasi “Yaşillar” bilan hukumat koalitsiyasini şakllantirişga kelişa oldi. Yangi vazirlar mahkamasi 17 a'zodan taşkil topgan: kansler, vitse-kansler, 13 vazir va 2 davlat kotibi.

Şu tariqa, Kurs yana Avstriya kansleri lavozimiga qaytdi, “Yaşillar” yetakçisi Verner Kogler vitse-kansler hamda davlat xizmati va sport işlari vaziri böldi. Ötiş davri hukumatidagi Aleksander Şallenberg esa taşqi işlar vaziri lavozimida qoldi.