Şu yilning 16 fevralidan "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida"gi va "Çiqindilar töğrisida"gi qonunlarga tuzatişlar kuçga kiradi, ularga muvofiq, Özbekistonda tölovlarning navbatdagi turlari joriy etiladi: barça import qilingan va işlab çiqarilgan transport vositalari va tirkamalar uçun utilizatsiya yiğimi kiritiladi.

Utilizatsiya yiğimi joriy etilişi töğrisida 2019 yil noyabr oyida e'lon qilingandi, ammo uning miqdori haligaça aniq emas va bu iste'molçilarni ham, avtomobilsozlik biznesi vakillarini ham taşvişga solmoqda, çunki u transport vositalarining yakuniy narxiga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin. Şu bilan birga, "Özavtosanoat" AJ mahalliy bozorga törtta xorijiy krossoverni çet eldagidan arzon narxda olib kirişni rejalaştirmoqda. Özbekistonga xorijiy avtomobillarni olib kiradigan boşqa kompaniyalarda bunday noyob imkoniyatlar yöq: boj tölanganidan keyin import qilinadigan maşina narxi avtomobilning modifikatsiyasiga qarab 120-150 foizga oşadi.

Endi esa unga utilizatsiya yiğimi ham qöşiladi.

Fikrlaş uçun sabab

Utilizatsiya yiğimi miqdori alohida qonunosti hujjat bilan belgilanadi. Noma'lum muddatga qoldirilgan ma'lumotlari aniq bölmagan bunday hujjatlar Özbekistonda zamonaviy qonun ijodkorligining öziga xos tendensiyasiga aylandi. Buning ustiga, ma'lumotlarning yöqligi turli taxminlarga sabab böladi.

Utilizatsiya yiğimi bilan boğliq alohida holatda uning miqdori töğrisidagi ma'lumotlarning yöqligi Özbekistondagi avtomobil bozori işlab çiqaruvçilari va distribyutorlarini 2020 yil uçun savdo-sotiqni prognozlaştiriş va rejalaştiriş imkoniyatidan ham mahrum qiladi. Masalan, Rossiyada utilizatsiya yiğimi miqdorining 2020 yil 1 yanvardan boşlab oşirilişi import qilinadigan avtomobillar narxining 5 foizgaça kötarilişiga olib keldi, buni talabning mos ravişda 8 foizga pasaygani haqida xabar bergan dilerlar ham tasdiqladilar.

Taqqoslaş uçun sabab

Utilizatsiya nima va u jahonda qançaga tuşadi? Press ostiga avtomobilning metall asosigina tuşadi. Uning ğildiraklari, örindiqlari yeçib olinadi, barça suyuqliklar, yonilğisi tökib taşlanadi, mexanik qismi sotiş yoki qayta işlaş uçun alohida saralanadi. Bu jarayon qançaga tuşişini faqatgina taxmin qiliş mumkin, çunki ba'zi davlatlarda (Evropa mamlakatlari) utilizatsiya avtomaşina egalariga atigi 100-200 yevroga tuşadi, boşqa davlatlarda esa (Rossiya, Qozoğiston) esa bu avtomobilning modifikatsiyasiga qarab 2000 AQŞ dollari va undan köpni taşkil etadi hamda mahalliy avtosanoatni qöllab-quvvatlaş va narxlar muvozanatini tartibga soliş vositasi hisoblanadi. Ba'zi mamlakatlarda avtomaşina egalarining utilizatsiyada faol iştirok etişlari rağbatlantiriladi, ularga eski avtomobilni utilizatsiyaga topşirganlik uçun yangi transport vositasini sotib olişda imtiyozlar taklif etiladi.