Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronda Boeing samolyoti qulaşiga aloqador barça şaxslar javobgarlikka tortilişini bildirdi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy va Hasan Ruhoniy örtasidagi muloqot yakunlari böyiça Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabarda aytilişiça, bundan taşqari, Ukraina ekspert guruhiga hamkorlik qiliş uçun tegişli yordam körsatiladi.
Ruhoniy özaro muloqot vaqtida Ukraina xalqi va halok bölganlarning oilalariga ta'ziya izhor qilgan.
"U 176 kişining hayotiga zomin bölgan fojia uçun Eron nomidan uzr söradi. Eron Islom respublikasi rahbari fojia uşbu davlat harbiylarining xato harakatlari oqibatida sodir bölganini töla tan oladi", — deyiladi xabarda.
"Ukraina xalqaro aviayönalişlari"ga qaraşli samolyot 8 yanvar kuni tong saharda Imom Xumayniy nomidagi aeroportdan havoga kötarilgan, ammo oradan bir neça daqiqa ötgaç radarlardan ğoyib bölgan va qulab tuşgan. Halokat natijasida 176 kişi hayotdan köz yumdi.













