“Bugun Eronning 12-hukumatining oxirgi yiğilişi bölib ötdi. Bu şuningdek, mening Islom Respublikasi prezidenti sifatidagi oxirgi bayonotimdir. Ötgan yillar davomida öz bayonotlarimizda xalqqa yolğon gapirmadik. Biz rostini sözladik. Biroq men bu foyda keltirmaydi deb hisoblagan yoki milliy birdamlikka putur yetkazadi deb xavotirlangan ba'zi vaqtlarda haqiqatni yaşirişimga töğri kelgan”, deb aytgan Ruhoniy.
U özining birinçi prezidentlik muddati – 2013-2017 yillarda Eron jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilgani va iqtisodiy şaroitlar katta istiqbolga ega bölgani, biroq AQŞ 2018 yilda yadro kelişuvidan çiqib, Tehronga qarşi sanksiyalarni tiklagandan keyin vaziyat yomonlaşgani, buning oqibatida Eron iqtisodiy uruş markazida qolganini ta'kidlab ötgan.
“Biz siyosatimiz imkoni boriça kamroq xato va kamçiliklarga ega bölişi uçun harakat qildik. Agar biror narsa kutganingizdek çiqmagan bölsa, buning uçun xalq oldida uzr sörayman”, deb aytgan Ruhoniy.
Uning ta'kidlaşiça, “aholi öz turmuş darajasidan norozi va bu haqiqatdir”. “Biz iqtisodiy uruş holatida böldik va şundan kelib çiqib nima qila olganimizga nazar taşlaş kerak”, deb qöşimça qilgan Eron prezidenti AQŞ sanksiyalarini nazarda tutib.
Ruhoniyning ta'kidlaşiça, u boşçilik qilgan hukumatning sa'y-harakatlariga qaramay, mamlakatdagi ba'zi kuçlar sanksiyalarning bekor qilinişiga tösqinlik qilgan.
“Agar köproq darajada milliy birdamlik bölganda va barça davlat idoralari bizni qöllab-quvvatlaganda hamda hukumat bilan hamkorlik qilganda mamlakatdagi hozirgi vaziyat bir neça marotaba yaxşiroq bölardi”, deb aytgan Eron prezidenti.
Eronda 18 iyulda prezident saylovlari bölib ötdi. Uning natijalariga köra, Ibrohim Raisiy ğalaba qozondi. Raisiy 3 avgustda prezidentlik vakolatlarini bajarişga kirişadi, 5 avgustda esa uning inauguratsiyasi bölib ötadi.













