Ovqatlaniş böyiça mutaxassislar banan pöstloği xavfli ekanidan ogohlantirişdi. 

Mutaxassis Sabina Xyulsmannning ta'kidlaşiça, banan asosan Janubiy Amerika hamda Afrikada yetiştiriladi va u zararkunandalardan himoyalaş uçun pestitsidlar bilan işlanadi. Ösimliklarni himoyalovçi bu vositalar nafaqat atrof-muhit va banan hosilini teruvçi odamlarga, balki iste'molçilar uçun ham xavfli bölişi mumkin.

“Tadqiqotlar davomida banan pöstloğida bir neça bor bu pestitsidlar borligi aniqlangan”, deb tuşuntirgan mutaxassis öz hisobotida.

Uning ma'lum qilişiça, bananlar terib olingandan keyin moğorga qarşi vositalar - fungitsidlar bilan ham işlanadi. Bu mevalarning taşilişi vaqtida ularning aynişi oldini oliş uçun zarur. “Bananni pöstloğidan tozalagandan keyin qölni yuvgan ma'qul. Bolalarga faqatgina pöstloğidan tozalangan bananni beriş kerak”, deb tavsiya qilgan Xyulsmann.

Mutaxassisning aytişiça, banan pöstloğidan tozalangaç, boşqa xavf solmaydi.